Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Hokim talabalarga dars o‘tadi

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali talabalari bilan uchrashdi.

Ochiq va samimiy ruhda kechgan muloqotda viloyat hokimi o‘z tajribasidan kelib chiqib, talabalarga oliy o‘quv yurtida egallagan bilimlarini kelgusidagi kasbiy faoliyatda to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha muhim tavsiya va maslahatlarini berdi.

Yigit-qizlarning fikr-mulohazalari, istak va kelajak rejalari eshitilib, barcha taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi. Viloyat hokimi har chorakda bir marotaba yuqori bosqich talabalariga dars o‘tadigan bo‘ldi.

– Viloyat rahbarining talabalarga saboq berishi nafaqat yoshlar, balki biz o‘qituvchilarni ham ruhlantiradi, – deydi TKTI Yangiyer filiali direktori, professor Zafar Hakimov.  

Mazkur uchrashuv doirasida talabalarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi, ilmiy-texnikaviy ishlanmalar taqdimoti, “Zakovat” intellektual o‘yini va sport musobaqalari tashkil qilindi.  

Faol talabalarga Toshkent shahriga sayohat yo‘llanmasi, tashakkurnoma va kitoblar topshirildi. Shuningdek, hokim filial qoshida ochilgan “Yoshlar sanoat texnoparki” faoliyati bilan ham tanishdi.

27.04.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar