Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Mahallalarda o‘quv-seminarlar o‘tkazilmoqda

Buxoro viloyati Shofirkon tumanining “Talisafed” mahalla fuqarolar yig‘inida sektor rahbarlari, mahalla faollari, ilg‘or tadbirkorlar hamda ishsiz aholi vakillari jalb qilingan holda seminar tashkil etildi.

Tadbirda ishtirokchilarga davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joylarda “Sayxunobod” va “Uychi” tajribalari asosida aholi daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, tomorqadan unumli foydalanish kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar borasida batafsil ma’lumot berildi. 

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar o‘z bilim va tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Qo‘shimcha daromad topish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari borasida batafsil fikrlashildi. 

Jumladan, “LIVADIYA-BUKHARA” MCHJ tomonidan taqdim qilinayotgan mevalarni quritish dastgohlari yordamida 20 dan ziyod xildagi quruq meva mahsulotlarini tayyorlash, tomorqalarda bozorbop mahsulotlar yetishtirish yoki har bir xonadonda qo‘ziqorin hosilini olish mumkinligi ishtirokchilarga aniq misollar bilan ko‘rsatib berildi. 

Ana shunday o‘quv- seminarlar boshqa hududlarda ham bo‘lib o‘tmoqda. 

Seminarlarda Prezident maslahatchisi o‘rinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari U.Muhammadiyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi qatnashmoqda. Maqsad mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirishdir. 

25.04.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar