2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bir mahallada 102 tadbirkor

Shahrisabz tumani Xontepa mahalla fuqarolar yig‘inida 2 ming 367 nafar aholi, 510 ta xonadon, 706 ta oila yashaydi. Gap shundaki, ushbu mahalla aholisi ishbilarmonligi, tadbirkorligi va omilkorligi bilan tumandagi boshqa mahallalardan ajralib turadi.

Mahallada ayni paytda 102 ta tadbirkorlik subyekti samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.  

Hududga biriktirilgan hokim yordamchisi Ilhom Isayevning ta’kidlashicha, mahallada birorta bekor yurgan yosh yoki keksani ko‘rmaysiz. Hamma o‘z ishi bilan band.  

– Mahallamiz odamlari ishbilarmon. Asosan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida tadbirkorlik qilishadi, – deydi I.Isayev. – Beogumust va qishloq xo‘jaligi (kartoshka va sabzavotchilik, ko‘kat va do‘kkakli ekinlar) yo‘nalishlarini drayver sohalar sifatida belgilab olganmiz. Istalgan xonadonga kiring, nimadir yumush bilan shug‘ullanayotganining guvohi bo‘lasiz.  

Ilhom aka bilan mahallani aylanamiz. Dastlab mahallada yaqinda tashkil qilingan kichik sanoat zonasiga bordik.  U yerda tadbirkorlar uchun ajratilgan imtiyozli joylardan birida ish boshlagan yosh tadbirkor Yunus Meliqulov tomonidan tashkil qilingan “YUWS WIRE MESH” oilaviy korxonasi faoliyati bilan tanishdik.  

Yosh tadbirkor har xil turdagi temir panjaralar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali 8 nafar tengdoshini ish bilan ta’minlagan.  

– Faoliyatimizni 2021-yildan boshlaganmiz, – deydi korxona rahbari Yunus Meliqulov. – Dastlab hovlimizda torroq joyda ishlaganmiz. Keyin sanoat zonadan joy ajratildi. Bu yerga o‘tib faoliyatimizni ham kengaytirdik. Hozirgi kunda 20 turdagi setkalar chiqaryapmiz. Ilgari oyiga ikki tonna simni qayta ishlagan bo‘lsak, hozir 10 tonnagacha simni qayta ishlayapmiz. Mahsulotlarimizni asosan ichki bozorga chiqaryapmiz. Aslida 18 yoshimdan Toshkent viloyatidagi setka ishlab chiqarish korxonasida ishchi sifatida ishlaganman. U yerda 10-yil ishladim va mahallamizga kelib korxona ochdim. Xitoydan zamonaviy uskunalar olib keldik. Kelgusida truba profillar ishlab chiqarishni ham mo‘ljallab turibmiz.  

Keyingi manzil “Azizov Fatxiddin” xususiy korxonasi bo‘ldi. Tadbirkor Kamoliddin Nabiyev tomonidan asos solingan ushbu kichik korxonada yodlangan tuz va qadoqlangan ichimlik suvi ishlab chiqarilmoqda. Suv ishlab chiqarish sexi vaqtincha to‘xtagan. Tuz sexi esa ishlab turibdi. Har xil o‘lchamdagi yilim paketlarda yodlangan yirik va mayda tuzlar ishlab chiqarilib, qadoqlanmoqda. Mazkur loyihani amaliyotga tadbiq etish natijasida 12 nafar ish o‘rni yaratilgan.  

Shundan so‘ng qandolatchilik sexiga o‘tdik. Tadbirkor Ma’ruf Umarov “Kesh star” xususiy korxonasini tashkil qilib, 4 nafar oila a’zosi bandligini ta’minlagan. Ayni paytda sexda milliy shirinliklar ishlab chiqarilmoqda.

– Yaqinda faoliyat boshladik, – deydi korxona ish boshqaruvchisi Suhrobjon Umarov. – Seximizda hozirgi kunda ikki xil mahsulot: qo‘qon holva va novvot ishlab chiqaryapmiz. Ichki bozorga sotyapmiz. Tumanimiz turizmga ixtisoslashgan. Shu bois sayyohlar ko‘p kelishadi va bunday milliy shirinliklarga bo‘lgan talab oshmoqda. Ilgari shu mahsulotlarni olib kelib sotardik. Hozir o‘zimiz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Oyiga o‘rtacha bir tonnadan ziyodroq mahsulot chiqaryapmiz.  

Mahalla aholisi nafaqat ishlab chiqarishda, balki tomorqachilikda ham o‘ziga xos tajribaga ega. Bir qarich yer topsa ham undan unumli foydalanishga harakat qiladi.  

Masalan, shu mahallalik Muzaffar Davronov hovlisidagi 2 sotix maydonda issiqxona tashkil qilib, qulupnay va limon parvarishlayapti. Qulupnaylarning oldi allaqachon bozorga chiqqan. Limonlar esa kuzda tayyor bo‘ladi. Bundan tashqari, omilkor dehqon 10 sotix dala hovlisida ham issiqxona tashkil qilgan. Unga esa baqlajon eggan.

– O‘tgan yili bu issiqxonamizga bulg‘ar qalampiri eggandik, daromadi yomon bo‘lmadi, – deydi M.Davronov. – Bu yil “blak” navli baqlajon ekdik. Shu kunga qadar uch tonnadan ziyod hosil uzdik. 10 tonnaga yaqin hosil olishni mo‘ljallaganmiz. Xaridorlarimizning asosiy qismi salatchilar. Mehnati mashaqqatli, lekin qimirlagan odamga imkon hamisha topiladi. Shukrki, mana shu issiqxonalarimda dehqonchilik qilib kam bo‘lmadim.

Mahallada bu kabi yuzlab issiqxonalarni ko‘rish mumkin. Hattoki xaridorlarning o‘zi mahalla boshiga kelib turadi. Chunki qayerda mahsulot ko‘p bo‘lsa, xaridori ham ko‘p bo‘ladi. Mehnatning tagi rohat, degani shu bo‘lsa kerak. Mahallani aylanib, dang‘illama uy-joylar, darvozaxonada turgan zamonaviy mashinalar, turmushi farovon odamlarga ko‘zingiz tushadi. Albatta, bu halol mehnatning mevasidir. Bunga xontepaliklar faoliyati yaqqol misol.  

17.04.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar