2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ish bilan band ayol nafaqat ro‘zg‘orini, balki jamiyatni ham obod etishga hissa qo‘shadi

Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi respublika ishchi guruhi xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarning borishi bilan tanishish va aholi bilan bevosita muloqot qilish maqsadida hududlarga tashrif buyurmoqda.

 

Yaqinda ishchi guruh Olmazor, Yangiyo‘l tumanlarida bo‘lib, aynan shu masalalarga e’tibor qaratdi. Bevosita muloqotdan keyin ko‘plab xotin-qizlar ishga joylashtirildi.    

Ishchi guruh Chinoz tumanida bo‘lib, “Birlik” mahalla fuqarolar yig‘inida xonadonma-xonadon yurib, ishsiz xotin-qizlar, ularning bandligini ta’minlashga oid ehtiyojlari o‘rganildi. Ularning tadbirkorlikka qiziqishi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarning dastlabki natijalari tahlil qilindi.  

Shu yerning o‘zida 54 nafar ayolning bandligi ta’minlandi.  11 nafariga kredit ajratilishi va  tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashiladigan bo‘ldi.  

616 xonadonga ega mahallaning drayveri issiqxona biznesi  bo‘lib, 90 foizdan ziyod xonadon aynan shu yo‘nalish orqali daromad topadi. O‘tgan yilda mahalladagi issiqxonalarda yetishtirilgan 30 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportga chiqarilgan.  

Mahalla yettiligi bilan kechgan suhbat jarayonida kambag‘allikni qisqartirish, buning uchun oilaviy tadbirkorlik, tomorqachilik, mahallada xizmat ko‘rsatish sohalarini yanada rivojlantirish, ayniqsa, xotin-qizlar orasida qo‘shimcha kasblarga o‘qitish va ish bilan ta’minlash orqali norasmiy bandlik ulushini kamaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, yettilikning o‘zaro hamkorligi, masalalarni birgalikda bir tizim bo‘lib, hal etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Senat Raisi nafaqat ishga ehtiyoji bor xotin-qizlar, balki iqtisodiy ahvoli yaxshi, lekin ishlash istagida bo‘lgan ayollarning ham bandligini ta’minlash kerakligini aytib o‘tdi. Masalaga har bir mahallaning o‘ziga xosligi va drayver sohalaridan kelib chiqib yondashish zarurligini ta’kidladi.    

Shu yerning o‘zida xatlov jarayonida aniqlangan ehtiyojmand ayollar bilan ham muloqot o‘tkazildi. Ayni paytda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga yaratilayotgan sharoitlar, ta’lim olishi, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun yaratilgan imtiyozlar haqida batafsil tushuncha berildi. Tikuvchilik hunari bo‘lgan 9 nafar ayolga o‘zini-o‘zi ish bilan band qilib, oilasiga qo‘shimcha daromad keltirish imkoniyatini yaratish maqsadida tikuv mashinalari taqdim etildi.  

Birlik mahallasida tomorqachilik orqasidan yaxshigina daromad ko‘rayotgan oilalar xonadonlariga tashrif buyurildi. Nasibaxon Tursunova o‘z xonadoni hovlisidagi 10 sotix maydonda issiqxona tashkil etib, birinchi mavsumda bodring, ikkinchi mavsumda esa pomidor yetishtirib, 140 million daromad ko‘rayotganini so‘zlab berdi.  

Mahalladagi boshqa bir xonadon sohibasi Mahbuba Xoliqulova 25 sotix issiqxonada ko‘chatchilikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bu yil o‘rtacha 500 million daromad ko‘rishni reja qilgan.  

Xonadon egalari bilan suhbat chog‘ida mahallada tomorqasidan yetarli foydalana olmayotgan oilalarga ham dastlabki bosqichda tomorqachilik sir-asrorlarini o‘rgatish, tajribalarini ommalashtirish yuzasidan takliflar berildi.  

“Obihayot” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi asosan o‘z xonadonlarida oilaviy korxona tashkil etib, intensiv usulda baliq yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Senat Raisi “Arnasoy cho‘rtani” va “Kushfar fish” oilaviy korxonalarini tashkil etgan aholi xonadonlarida bo‘ldi.  

Ushbu xonadonlar egalari baliqni uvildiriq holatidan aholi dasturxoniga yetib borgunga qadar bo‘lgan jarayongacha yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. Ular bilan bo‘lib o‘tgan suhbat jarayonida faoliyatni kengaytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishlari uchun imtiyozli bank kreditlari ajratiladigan bo‘ldi.  

15.04.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar