
Mamlakatimizda aholining, ayniqsa, qishloq aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash, turmush farovonligini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Obod mahalla – obod ko‘cha –obod xonadon " dasturi ana shu yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qilmoqda.
Andijon viloyatida joriy yilda tanlab olingan 4 ta – Asaka tumanidagi Ergashobod, Oltinko‘l tumanidagi Intizom, Xo‘jaobod tumanidagi Yangi hayot hamda Shahrixon tumanidagi Oq oltin mahallalarida “Obod mahalla– obod ko‘cha– obod xonadon" dasturi doirasida qurilish, bunyodkorlik, obodonlashtirish hamda aholi muammolarini bartaraf etish, shuningdek, elektr energiyasi, ichimlik suvi, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini, ichki yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Dastur doirasida Xo‘jaobod tumanidagi Yangi hayot mahallasida Andijon avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi, Xo‘jaobod tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-mutaxassislari tomonidan mahalla ko‘chalariga shag‘al va asfalt yotqizilmoqda, obodonlashtirilmoqda.
–Mahalladagi beshta – Buloq, Eskilik, Yangi avlod, Qondi hamda Barkamol avlod ko‘chalarida jami 15 kilometrdan ziyod yo‘llar mavjud, – deydi Xo‘jaobod tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi bosh muhandisi Kenjabek O‘zganboyev. – Ayni kunga qadar Buloq, Eskilik va Yangi avlod ko‘chalarining 4,5 kilometr qismiga shag‘al yotqizildi. Eskilik ko‘chasining 1 kilometr qismi asfalt qilindi.
Yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun ishchi-mutaxassislar, zarur texnika vositalari jalb etilgan. Ayni kunlarda ko‘chalarni obodonlashtirish jarayoni qizg‘in davom etmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |