2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sho‘rchada bunyodkorlik ishlari avjida

Yurtimizning har bir hududida “Obod xonadon– obod ko‘cha– obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha ishlar jadal amalga oshirilmoqda.

Buxoro viloyati Romitan tumanining “Sho‘rcha” mahalla fuqarolar yig‘ini ham ushbu dasturga kiritilgan bo‘lib, bugunga kelib bu yerda keng ko‘lamda bunyodkorlik ishlari ro‘yobga chiqarilmoqda. Prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi mazkur mahallada bo‘lib, dastur doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi. 

Jarayonda mahallada jadal sur’atda boshlangan yangilanish va obodonlashtirish ishlari mas’ul mutasaddilar bilan muhokama qilindi. Bunda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga daxldor korxona-tashkilotlar mas’ullariga zarur tavsiya va topshiriqlar berilgani holda duch kelinayotgan muammolar yechimiga e’tibor qaratildi. 

Mahallada ichki yo‘llarga shag‘al yotqizish va asfalt qilish, toza ichimlik suvi hamda elektr tarmog‘ini tortish, beton tayanch-ustunlarini o‘rnatish, turarjoylarni ta’mirlash, ko‘chalarni tartibga keltirish kabi qator ishlar jamoatchilik, mahalla faollari hamjihatligida olib borilmoqda. Shuning barobarida mahalladagi ijtimoiy soha inshootlari, maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasasi, qolaversa, qabristonni obodonlashtirish, aholining tomorqadan samarali foydalanishi ham e’tibordan chetda qolmadi. Aholi uchun birinchi navbatda ichimlik suvi va yo‘llarni obodonlashtirish, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash zarurligi uqtirildi. 

Ma’lumot uchun: “Sho‘rcha” mahallasida umumfoydalanuvdagi 6 kilometr va ichki yo‘llardan yana 6 kilometr uzunlikdagi yo‘lni asfalt qilish, 2 kilometr ichki yo‘lga shag‘al yotqizish ishlari boshlangan. Xuddi shunday, 10 kilometr masofada ichimlik suvi, 3,4 kilometrga elektr tarmog‘ini tortish ishlariga e’tibor qaratilmoqda. Bunda 140 ta yangi temir-beton ustunni o‘rnatish, 2 ta elektr transformatorni yangidan qurib, foydalanishga topshirish, hududdagi 10 dona mavjud transformator punkti bilan birgalikda ularning 0.4 kV havo tarmog‘ini mukammal ta’mirlash ko‘zda tutilgan. 

Bundan tashqari, mahallada joylashgan “Sho‘rcha” oilaviy poliklinikasini joriy ta’mirlab, yangidan mahalla binosini barpo etish loyihasi ham ishlab chiqilgan. Yana 2 kilometr masofada piyodalar yo‘lagini va 60 dona tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish uchun ishga kirishilgan. Shu bilan birga, bolalar uchun “Workout” maydonchasini tashkil etib, 18-son umumta’lim maktabiga yangi, qo‘shimcha 450 o‘rinli o‘quv binosini qurib berish maqsad qilingan. 

–Qishlog‘imizdagi sobiq ittifoq davridan qolgan yaroqsiz simyog‘ochlar yaqinda 140 ta yangi temir-beton ustunga almashtirilib, 2 ta yangi transformator o‘rnatilmoqda,–deydi Sho‘rcha mahallasida yashovchi Ismoil Saidov.–-Yo‘llarimiz ham ta’mirlanmagan edi. Hozirgacha 1,8 km ichki yo‘limizga shag‘al to‘kildi va bu boradagi ishlar hali davom etmoqda. Toza ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari ham amalga oshirilmoqda. 

Ayni kunda yurtimizda “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida mahalla va qishloqlarni ko‘kalamzorlashtirish, faollar, nuroniylar ishtirokida mevali va manzarali daraxtlar, tut, tol, jiyda nihollari, qolaversa, turli gul ko‘chatlarini o‘tqazish urfga aylangan. Shu ma’noda, tumanda ham “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida umumxalq bayrami oldidan keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlab yuborilgan. Aholi xonadonlari, ko‘cha va mahalla guzarlarini tozalash, obodonlashtirish bilan birga turli daraxt nihollarini o‘tqazish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. 

Bir so‘z bilan aytganda, “Sho‘rcha”da aholi xonadonlari va mahalla binosi zamonaviy qiyofaga keltirilishi tufayli hademay mahalla butunlay yangi va zamonaviy, ko‘rkam qiyofa kasb etadi. 

15.03.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar