2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Murojaatlar o‘z vaqtida yechimini topmoqda

Prezidentimizning 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Buxoro viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasi tashkil etilgan bo‘lib, fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rilishi va xolisona hal etilishi yo‘lida xizmat qilib kelmoqda.

Xalq qabulxonalari fuqarolarning dard-u tashvishini tinglab, muammolariga yechim topishda eng samarali, ishonchli va qulay tizimga aylandi. Konstitutsiyamizda ham bosh maqsadimiz – faqat kuchli huquqiy demokratik davlat emas, balki adolatli jamiyat barpo etish ekani alohida belgilab qo‘yilgan.  

Shunday ekan, Xalq qabulxonalari bu yo‘nalishdagi konstitutsiyaviy normalarni hayotga joriy etishga, xalqimizning asriy orzularini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda barcha darajadagi rahbarlarning fuqarolar bilan ochiq, oshkora muloqoti yo‘lga qo‘yilib, aholining haqli talablarini hal etish va ehtiyojlarini aniqlash, hayotidan rozi bo‘lib yashashiga ko‘maklashish muhim vazifa sifatida belgilab olingan. “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan ulug‘vor g‘oya mas’ul shaxslarning murojaatlar bilan ishlash mas’uliyatini oshirdi. Keyingi yetti yilda yuz bergan bu yangilanishlar odamlarning bugun kechagidan, ertaga bugungidan yaxshiroq yashashga bo‘lgan ishtiyoqini ro‘yobga chiqarish uchun qulay muhit, keng imkoniyat yaratdi.  

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasiga 2023-yil 18-aprel kuni “Buxoro-Palas” mehmonxona kompleksi korxonasining sobiq ishchilari tomonidan murojaat qoldirilgan edi, – deydi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi A.Yunusov. – Murojaatda korxonaning 57 nafar sobiq ishchi xodimining 2010-yildan 2013-yilgacha oylik ish haqlari 10-yildan ziyod muddat o‘tgan bo‘lsada to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib, oylik ish haqlari undirib berilishiga amaliy yordam so‘ralgan. Murojaat Xalq qabulxonasi mas’ul xodimlari tomonidan soha mutaxassislarini jalb qilgan holda o‘rganildi. Buxoro viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi tomonidan 2023-yil 29-avgust kuni 57 nafar ishchi- xodimning jami 265 680 211 so‘mlik oylik ish haqlari to‘liq to‘lab berilishi ta’minlandi.  

Bundan tashqari, “BTO” MCHJ rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasiga Kadastrlar palatasi Buxoro viloyati boshqarmasining mas’ul xodimlari mulk guvohnomasini rasmiylashtirib bermayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati Xalq qabulxonasi mas’ul xodimlari tomonidan soha mutaxassislarini jalb qilgan holda o‘rganildi. Korxonaga ajratilgan kredit mablag‘lari 2022-yil 20-aprelda to‘liq so‘ndirilganligi sababli “Xalq banki” viloyat amaliyot bo‘limi tomonidan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusga va Buxoro tuman kadastriga 2022-yil 20-aprelda taqiqni bekor qilish bo‘yicha xat berilgan.  

Shuningdek, davlat kadastrlar palatasi Buxoro tumani filiali tomonidan 2022-yil 22-aprelda 15/766-sonli xat bilan taqiq bekor qilinganligi ma’lum qilingan. Biroq Buxoro tuman kadastr boshlig‘iga “Xalq banki” tomonidan 2022-yil 20-apreldagi 194-sonli xati bilan 2 qavatli ma’muriy binoni taqiqdan chiqarmaslik va begonalashtirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha xat berilgan. O‘rganish davomida so‘rov xati asosida Kadastrlar palatasi Buxoro viloyati boshqarmasidan ma’lumot olinib, mulk guvohnomasi rasmiylashtirib berilishi ta’minlandi. “BTO” MCHJning tadbirkorlik huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinib, murojaati ijobiy hal etildi.  

Bu kabi misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin.  

Ma’lumot uchun: o‘tgan 2023-yilda jami 60 mingdan ortiq turli mazmundagi murojaatlar qayd etilib, shundan 21,6 mingtasi ijobiy hal etilgan.  

14.03.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar