2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholi muammolarini hal etishda Xalq qabulxonalari va “mahalla yettiligi” hamkorligi kuchaytirilmoqda

Prezident Administratsiyasi va Xalq qabulxonasi boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Andijon viloyatida davom ettirmoqda.

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari – Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligidagi ishchi guruh viloyat mahallalarida aholi muammolarini hal qilish, ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash, “mahalla yettiligi”ning faoliyati va yoshlar bilan ishlash tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganib kelmoqda.


Xususan, Xalq qabulxonalari va “mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan 765 ta maktabda ta’lim sifatini yaxshilash bilan bog‘liq chora-tadbirlar aniq belgilab olindi hamda “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligi mexanizmi jonlantirildi. “Mahalla yettiligi” bilan farmon va qaror talablaridan kelib chiqib, mahalla hududida aholi bilan muloqot qilib, ularning kayfiyati va muammolarini o‘rganish ishlari olib borildi.

Mahallalar uyushmasining 5 ta hududiy bo‘linmasi uchun xizmat binolari ajratilib, 182 ta mahalla raislari kompyuter va mebel jamlanmalari bilan ta’minlangan. “Yettilik”ning kunlik, haftalik va oylik rejalari ishlab chiqilib, tatbiq etish choralari ko‘rilmoqda. Barcha mahallalarda bank hisob raqamlari ochilib, “Mahalla budjeti” tizimining amaliyotga joriy etilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Yoshlar bilan manzilli ishlash maqsadida 67 ta mahallada 174 nafar ziyoli va nuroniylar 62 ta maktabdagi o‘quvchilarga “Ustoz – shogird” an’anasi asosida biriktirildi hamda ular tomonidan har oyda kamida 2 marotaba sinflarda o‘quvchilar bilan “tarbiyaviy soatlar”ni o‘tkazish, unda ota-onalar to‘liq ishtirok etishlarini ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.


Shuningdek, 174 nafar ziyoli va tajribali nuroniylar “Bir nuroniy o‘n nafar yoshga mas’ul” tamoyili asosida 140 nafar o‘quvchiga, shu jumladan, 3 nafar tarbiyasi og‘ir, qoniqarsiz baholarga o‘qiyotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari bo‘lgan o‘quvchilarga biriktirildi.

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida 15-22 mart kunlari 17 ta hududda arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasi tashkil etilishi rejalashtirildi.

Bundan tashqari, Respublika ishchi guruhi tomonidan aholi kayfiyatiga ta’sir qiluvchi muammoli holatlar o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.


Aholi murojaatlarini o‘rganish natijasida yo‘llar ta’mirlandi va shag‘allashtirildi. Shuningdek, 24 ta ­­elektr transformatori tuzatilib, 93 ta yangi beton tayanchlar o‘rnatish, 5 ta gaz taqsimlash punkti va 2,3 kilometr masofadagi gaz, 2,4 kilometr ichimlik suvi tarmoqlarini ta’mirlash, ichimlik suvi inshootini qurish ishlari amalga oshirildi.


Hal etilishi muayyan muddat va mablag‘ talab etadigan ijtimoiy muammoni bartaraf qilish, “mahalla yettiligi”ning faoliyati va yoshlar bilan ishlarni samarali yo‘lga qo‘yishga qaratilgan manzilli choralarni qamrab oluvchi “Yo‘l xaritasi” tayyorlandi. Xususan, unga ko‘ra 2024 yilda amalga oshiriladigan 204 milliard so‘mlik 917 ta mikroloyiha ro‘yxati shakllantirildi. Ushbu loyihalar hisobiga yil yakuniga qadar 4 833 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilmoqda.


Kelib tushgan murojaatlar asosida “Temir daftar”ga kiritilgan 4 ta oilaga 2,6 million so‘mlik, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 9 nafar yoshlarga 14,9 million so‘mlik va “Ayollar daftari”ga kiritilgan 10 nafar xotin-qizga 10 million so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, uy-joy ta’miriga muhtoj, o‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan 8 ta oilaning uyini ta’mirlash ishlari boshlandi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.

12.03.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar