2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Suv ta’minotidagi muammolar nazoratda

O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlarida suv ta’minoti, oqova suv xizmati darajasini yanada yaxshilash bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi. Unda “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ mutaxassislari, joylardagi mas’ul rahbar-xodimlar hamda hamkor tashkilot mutasaddilari ishtirok etdi.

O‘tgan davr mobaynida tashkilotga aholini qiynab kelayotgan suv ta’minoti va oqova suv xizmati tizimidagi masalalar yuzasidan muammolar bo‘yicha yuzlab murojaatlar kelib tushgan. Xususan, oqova suv tarmog‘iga ulanish, ichimlik suvi ta’minotidagi uzilishlar, mavjud qarzdorlik masalasi va ichimlik suvi hisoblagichini rasmiylashtirish kabi holatlarga asosiy e’tibor qaratildi.  

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur tumanlarda “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha ichimlik suvi tarmog‘i tortilishi boshlangan ko‘chalar ko‘p. Ammo xonadoni hali tarmoqqa ulanmaganidan norozi bo‘layotgan murojaatlar ham bor.  

– Mahallamizga ichimlik suvi tarmog‘i tortilishidan juda xursand bo‘lgandik, – deydi “T.Xvan” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Rahimboy Yunusov. – Biroq qolgan ishga qor yog‘ar, deganlari rost ekan. Hududimizda boshlangan xayrli ishning chala qolganidan oddiy aholi jabr ko‘rmoqda. Yangi ichimlik suvi tarmog‘idan kimdir xonadoniga ulangan, kimdir esa yo‘q. Tarmoq sovuq kunlari yaxshi ishlamaydi. Ko‘pchilik suv trubalari yaroqsiz holatda ekanidan norozi. Oqova suv tizimi ham tayinli ishlamaydi.  

Tadbir davomida mas’ullar tomonidan barcha murojaatlar maxsus nazorat rejaga kiritilib, belgilangan muddatdan kechiktirmay o‘rganilishi yuzasidan xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir Toshkent viloyatidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining 831 tasi qisman ichimlik suvi bilan ta’minlangan.  

Joriy yil boshidan beri o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra, viloyat aholisining markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasi 79,4 foizni tashkil etadi, qolgan 20,6 foiz aholi ichimlik suvini boshqa manbalar orqali iste’mol qiladi. Jamiyatning shahar va tuman filiallari tasarrufida bo‘lgan 180 ta nasos va 2 ming 372 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari ta’mirtalab holatda.  

29.02.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar