2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Samarqandda 84 yoshli pensionerni dardini eshitmagan mas`ullar fosh bo`ldi

Samarqand viloyati Narpay tumani Oqtosh shaharcha, Islom shoir mahallasi, G`alaba ko`chasidan 84 yoshli faxriy pensioner Malika Ochilova murojaat qildi.

“Bizda gaz masalasida muammo bor. Mahalla tabiiy gazga ulangan, xonadonimiz ham. Tarmoq tortilgan, ammo tabiiy gaz yo`q, yonmaydi. 3 yanvardan beri murojaat qilmagan joyim qolmadi. Gaz idorasidagilarga ham, hokimga ham murojaat qildim. Ammo mahallangizda odamlar tortgichga ulanib olgan, shunga sizga gaz kelmayapti, deyishdi. Hal qilamiz, deb ketishyapti xolos, ammo o`zgarish yo`q. Sovuq kunlarda rosa qiynalib ketdik. Hech kim vaziyatni o`rganib muammoni hal qilishga qayishmayapti. “Erta, indin”dan boshqa gap yo`q. Nahotki bu masalani echim topishi shuncha qiyin bo`lsa? O`sha tortgichi borlar sabab men qiynalib yashashim kerakmi? Iltimos, bir o`rganib, masalani amalda ijobiy hal qilishga yordam beringlar”.  

Samarqand viloyati Narpay tumani Oqtosh shaharcha, Islom shoir mahallasi, G`alaba ko`chasidan 84 yoshli faxriy pensioner Malika Ochilova  darakchi.uz’ga ana shunday murojaat qildi.

84 yoshli murojaatchini dardini his qilgan holda biz tegishli ma`sullarga bog`landik. Ammo murojaatchi tizim mas`ullariga va hatto mahalliy hokimlikdan hech bir natija bo`lmaganini qayd etgani bois biz Prezident portali, hududiy Xalq kabulxonasi vakillari ishtirokida muammo o`rganishga qaror qildik. Qizig`i muammo tezkor echim topdi. Muammoni hal etish tuman gaz korxonasi mutaxassislari va mahalliy hokimlik mas`ullari 84 yoshli faxriy pensioner onaxonni qiynayotgan masalaga echim topishni 3 yanvardan buyon paysalga solib kelganidek ko`p vaqt talab qilmas ekan.  

Mamatjon TURDIEV, Samarqand viloyatidagi Prezident Xalq qabulxonasi mudiri:

– Murojaat bo`yicha manzilga  chiqib, holatni joyida o`rgandik. Ma`lum bo`lishicha, “schyotchik”lar eski ekan, uni yangilab, tarmoqlar tozalanib, xonadonga tabiiy gaz ta`minoti tiklandi. 84 yoshli faxriy pensioner onaxonning muammosi tezkor hal etildi. Hozir uyda tabiiy gaz ta`minoti bor.  

Bir murojaat misolida tizimdagi vaziyat haqida aytish mumkinki, hali hamon dunyoni suv bossa to`pig`iga chiqmay, mendan ketguncha egasiga etguncha munosabatda bo`layotgan mas`ullar bor va bu juda ham achinarli. Sohaning hududdagi mutaxassislari yoki mas`ullari o`z vaqtida qunt qilib muammoni o`rganishganida onaxon qariyb ikki oydan buyon, boz ustiga harorat keskin sovib ketgan qish kunlarida qiynalmagan bo`lardi. Ya`ni shunchaki beparvolik bilan munosabatda bo`lib navbatchi javoblar bilan masalani o`zidan soqit qilib kelishgani achinarli. Aslida echimi bor ekan-ku. Bunday munosabatdan keyin fuqarolarda xuddi murojaatchi ta`kidlagani kabi “men boyvachcha yoki puldor emasmanda, oddiygina pensionermanda, shunga bizni dodimizni hech kim eshitmaydi-da, pulim bo`lganda balki bunday munosabat qilishmasmidi” kabi kayfiyat uyg`onmasligiga kafolat yo`q.  

Haqiqatan ham, qo`pollikka yo`ymangu, agar shu onaxonning o`rnida biron amaldor yoki boyvachcha bo`lganida, masala o`sha kunning o`zida hal bo`lardi. Hatto soha mas`ullari pensioner onaxonning murojaatiga javoban “nasos”, ya`ni muammo tortgich bilan bog`liq bo`lsa ham, o`zlari hatto o`sha nasosni ham o`rnatib berib ketishardi. Afsus, juda achinarli vaziyat.

Ushbu holatdan Energetika vazirligi matbuot kotibini ham boxabar qilganimizda, tafsilotlarni eshitgach, muammoni vaqtida hal qilinmagani achinarli va uyatli vaziyat, deya munosabat bildirdi. Bizningcha, bunday mas`uliyatsizlik uchun xodimlarga biror chora ko`rilishi shart, aks holda soha xodimlari orasida beparvolik va sovuqqonlik yana va yana takrorlanishi shubhasiz.  

– Albatta vaziyat o`rganilib, mas`uliyatsiz xodimlarga nisbatan choralar ko`riladi. Ushbu holat haqida "Hududgazta`minot" rahbariyatiga ma`lumot berildi. Mas`uliyatsizlik jazosiz qolmaydi, – dedi Energetika vazirligi matbuot kotibi Hasan Toshxo`jaev.

Mana sizga bir murojaat ortidagi haqiqatlar. Bu borada Samarqand viloyati Xalq qabulxonasiga hamkorlik uchun minnatdorlik bildiramiz. Gaz ta`minoti xodimlariga nisbatan ko`rilgan choraga esa yana qaytamiz

27.02.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar