Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Obod bo‘layotgan mahallalarda sayyor qabul o‘tkazilmoqda

Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanidagi Bog‘iston, Sho‘rchi tumanidagi Baxshtepa-1, Muzrabot tumanidagi Yakkatol, Oltinsoy tumanidagi To‘xtamish mahallalarida “Obod xonadon —obod ko‘cha —obod mahalla” mezonlari joriy etilib, keng qamrovli obodonlashtirish-qurilish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Qiyofasi tubdan o‘zgarib, aholining munosib turmush kechirishi uchun barcha sharoit yaratilayotgan mazkur mahallalarda xalq bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, odamlarni qiynayotgan muammolar ham o‘rganilmoqda. 

Prezidentimizning Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Abdulhakim Eshmuratov va viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Erkin Narmanov Oltinsoy tumanidagi tog‘li To‘xtamish mahallasida bo‘lib, aholi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Tumandagi sektorlar rahbarlari, korxona, tashkilot va muassasalar boshliqlari ishtirok etgan ochiq muloqotda To‘xtamish hamda Sohibkor mahallarida yashaydigan aholi dehqonchilik uchun oqova suv ta’minotini yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash, uy-joylarining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tomorqa va lalmi maydonlardan soliq undiruvi, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish kabi masalalarni o‘rtaga tashladi. 

—Yuzma-yuz muloqot chog‘ida tushgan murojaatlarning aksariyati mahallani yanada obod va fayzli go‘shaga aylantirishga xizmat qiladi, —deydi Prezidentimizning Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Abdulhakim Eshmuratov. —Buning uchun o‘rtaga tashlangan har bir murojaatni tegishliligi bo‘yicha mutasaddilar bilan atroflicha muhokama etib oldik. 

Ochiq muloqotda murojaatlarning bir qismi joyida hal etildi. Shuningdek, ayrim masalalarda huquqiy maslahat berildi. Yechimi vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha aniq muddat belgilanib, ijrosi qatiy nazoratga olindi. 

20.02.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar