2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hal etilmagan murojaatlar qayta ko‘rib chiqilmoqda

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Samarqand viloyatida davom ettirdi.

Ishchi guruhiga Prezident maslahatchisining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi rahbari U.Muhammadiyev boshchiligida Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari xodimlari, vazirlik va idoralar mas’ullari jalb etildi.

Mutasaddilarning asosiy e’tibori viloyat bo‘yicha aholidan eng ko‘p shikoyatlar kelib tushayotgan masalalarga va tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar tahliliga qaratildi. 

Murojaatlarni o‘rganish borasida vazirlik va idora vakillari tomonidan bir hafta davomida Samarqand viloyatida 7 mingda ziyod masala qayta o‘rganilib, natijada ularning 1,4 mingtasi ijobiy hal etildi. Jumladan, tibbiy yordam, order olish, maktabgacha va maktab ta’limi, suyultirilgan gaz, elektr ta’minoti, qurilish, kommunal va boshqa qator sohalardagi murojaatlarga yechim topildi.

Bundan tashqari, Xalq qabulxonalari boshchiligida viloyat, tuman, shahar sektorlari bilan 82 ta sayyor qabul tashkil etilib, 2 mingga yaqin masala ko‘tarildi. Ularning 30 foizga yaqini ijobiy hal etildi, qolgan qismi esa ijro uchun nazoratga olindi. 

Misol uchun, Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ozodlikdan mahrum qilish va axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan 21 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi, 2 nafar mahkumning o‘talmay qolgan jazosi yengilrog‘i bilan almashtirildi, 6 ta jinoyat ishi bo‘yicha 6 nafar shaxs sud zalidan qamoqdan ozod qilindi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 7 ta fuqarolik ishi taraflar yarashganligi munosabati bilan ish yuritishdan tugatildi. 

Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan xususiy tadbirkorlik va kichik biznes sub’ektlari da’vogarligida 10 ta ish bo‘yicha jami 949,2 million so‘m tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga undirildi.

Shu bilan birga, qabullarda kelib tushgan murojaatlar asosida 11 kilometr ichki yo‘llar shag‘allashtirildi, 20 ta transformator ta’mirlandi yoki yangisiga almashtirildi, 10 kilometrga yangi elektr tarmog‘i tortilib, 130 ta suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi. Shu bilan birga 22 tonna ko‘mir yetkazib berilib, ichimlik suvi inshootlari ta’mirlandi va 27 tonna chiqindi chiqarib tashlandi.

Yana bir muhim yo‘nalish... 

Samarqand viloyatida 2024 yilning birinchi choragi davomida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida qurilish ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib boriladigan 4 ta, jumladan, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Melixo‘ja, Ishtixon tumanidagi Qiyot, Pastdarg‘om tumanidagi Go‘zalkent hamda Tayloq tumanidagi Tepa qishloq mahallalari tanlab olingan.

Dastur doirasida aholini uzluksiz suyultirilgan gaz bilan ta’minlash uchun 1,5 ming tonnaga yaqin qo‘shimcha suyultirilgan gaz yetkazildi, 17 kilometrga elektr tarmog‘i tortildi hamda 623 ta temir-beton ustun o‘rnatildi.

Shu bilan birga, 15 ta gaz taqsimlash punkti ta’mirlanib, 54 kilometr ichki yo‘l shag‘allashtirildi, 7 kilometrga ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, ichimlik suvi nasoslari yangisiga almashtirildi. 

Hududdagi suv minoralari ta’mirlanib, tizimdagi nosozliklar bartaraf etildi. Kommunal, qurilish sohasida jami 31 ta ko‘p qavatli uyda va issiqlik qozonxonalarida ta’mirlash ishlari olib borildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan esa mahallalar aholisi uchun tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, 337 nafar bemorga ambulator sharoitda, 103 nafar bemorga tuman, shahar va viloyat muassasalarida davolanish va tekshiruvlar uchun yo‘llanma berildi.

Bandlik masalasida 1 300 nafar fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilib, 661 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 202 nafari esa jamoat ishlariga, 366 nafari kasb-hunarga o‘qitishga jalb etildi. Tijorat banklari tomonidan 35 nafar fuqaroga 334 million so‘m miqdorida kredit ajratilishi ta’minlandi.

Mahallalar va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda olib borilgan profilaktik suhbatlar va chora-tadbirlar natijasida 85 ta oila yarashtirildi.  

19.02.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar