
Jizzax viloyatining Paxtakor, Zafarobod, Sharof Rashidov tumanlari hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun Paxtakor tuman Xalq qabulxonasi binosida Jizzax viloyat sudi, viloyat ma’muriy sudi hamda Xalq qabulxonasi mudiri, Ichki ishlar va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda jami 43 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Ko‘tarilgan murojaatlarning 34 tasi jinoyat, 8 tasi fuqarolik va 1 tasi iqtisodiy ishlar bo‘yicha bo‘ldi. Murojaatlardan 11 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi, 32 ta murojaat ijobiy hal etildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtakor, Zafarobod hamda Sharof Rashidov tuman sudlari tomonidan sayyor sud majlisida 2 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, 23 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi. 8 nafar mahkumning jazosi yengilrog‘i bilan almashtirildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |