2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mahallalar yo‘llari obodonlashtirilmoqda

Keyingi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari zamirida inson qadrini ulug‘lash, odamlarning og‘irini yengil qilish, turmush sharoitlarini yaxshilashdek ezgu maqsad yotadi.

Ayniqsa, chekka-chekka mahallalarning obod maskanlarga aylanayotganligi, hududlarda tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanib, yo‘llar ta’mirlanayotganligi yurtdoshlarimizni quvontirmoqda.

Buni Oltinko‘l tumani yo‘llarini obodonlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar misolida ham ko‘rish mumkin. 

Tumanda, ayniqsa, ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada tumanning chekka-chekka hududlaridagi necha o‘n yillar davomida ta’mirlanmagan, yozda chang, qishda loy ko‘chalarga shag‘al yotqizildi, ma’lum bir qismi asfaltlandi, beton bilan qoplandi. 

– Bugungi kunda Oltinko‘l tumani hududida 36,6 kilometr respublika ahamiyatidagi, 102 kilometr umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari, 866 kilometr ichki yo‘llar mavjud, – deydi tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi rahbari Ozodbek Ergashev. – Belgilangan dasturlar doirasida o‘tgan yili 12 kilometr respublika ahamiyatidagi, 92 kilometr ichki yo‘llar asfaltlandi, 2,3 kilometr ichki yo‘llarga shag‘al yotqizilib, ularning holati yaxshilandi. 

Masalan, o‘tgan yili tumanning “Madaniy mehnat 2” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 2,5 kilometr yo‘l ta’mirlandi. Bundan tashqari, “Saroy 2” mahallasida 3,2 kilometr, Oftobachek mahallasi Anhor ko‘chasining 3,2 kilometr, Ijtimoyat mahallasi Birdamlik ko‘chasining 0,8 kilometr qismlariga asfalt va beton qoplamasi qoplandi. 

Tumanda bu boradagi ishlar joriy yilda ham izchil davom ettirilmoqda. Joriy yilda Qipchoq, Ko‘tarmachek va Intizom mahallalari ko‘chalaridagi 9,3 kilometr uzunlikdagi yo‘llarda ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi belgilangan. 

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi doirasida Intizor mahallasining qator ko‘chalari holatini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 

Bugungi kunda 3 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qilayotgan Intizor mahallasidagi Orasta va Zamondosh ko‘chalarining 2 kilometr qismi maxsus texnikalar yordamida tekislandi, 1,5 kilometr qismiga shag‘al yotqizilib, asfaltlashga tayyorlandi. Shuningdek, avtomobillar harakati va aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida 24 dona yo‘l belgilari o‘rnatildi. Bundan tashqari, mahalladagi 47-umumta’lim maktabiga olib boruvchi yo‘l ham ta’mirlandi. 

Tumandagi qator mahalla ko‘chalari ta’mirlanib, kundan-kunga obod maskanga aylanayotganligidan odamlar mamnun. Bu kabi xayrli ishlar fuqarolarning ertangi kunga bo‘lgan ishonch va umidini oshirmoqda, bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashiga xizmat qilmoqda. 

14.02.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar