
Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan “Obod xonadon–obod ko‘cha–obod mahalla” tamoyili asosida keng ko‘lamli xayrli ishlar olib borilayotgan Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi “Obod Neko‘z” mahallasidagi 7-sonli oilaviy poliklinikaning Boydoqchi filialida viloyat va tuman markazidan borgan malakali mutaxassislar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.
Ko‘rikda viloyat shifoxonalaridan endikrinolog, kardiolog, LOR, dermatolog, psixiatr, nevropatolog, oftalmolog, urolog kabi mutaxassislar ishtirokida laboratoriya, EKG va skrining tekshiruvlari o‘tkazildi. Bundan tashqari, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mobil poliklinikasi va mobil oftalmologiya avtobuslari imkoniyatlaridan samarali foydalanildi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tibbiy ko‘rik davomida hududdagi 466 nafar fuqaro ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ularning 157 nafarida turli kasalliklar aniqlangan. Shundan 14 nafariga tuman markaziy shifoxonasi, 3 nafariga viloyat tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yo‘llanmalar berilgan.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |