
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi Kattachek mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari doirasida amaliy ishlar davom etmoqda.
Dastur asosida zamonaviy loyihalar asosida mahalla idora binosi, 39- MTT binosini mukammal ta’mirlanib, 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun 330 o‘rinli o‘quv binosi quriladi. “Kattachek” oilaviy shifokorlik punkti binosida ham ta’mirlash ishlari bajarilib, yangi laboratoriya bunyod etiladi. Qishloqdagi xiyobon qayta rekonstruksiya qilinadi. Shuningdek, 18,5 kilometr ichki yo‘llar asfaltlanadi, 1 ta suv inshooti quriladi, 3 kilometr masofada ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi hamda 3,4 kilometr masofadagi elektr tarmog‘i qaytadan zamonaviy qurilmalar bilan tortiladi.
Mahallada shuningdek, bahor mavsumida 16 ta ko‘cha bo‘yida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqaziladi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |