2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Respublika ishchi guruhi Farg‘onada aholi muammolarini hal etmoqda

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asocan Prezident Administratsiyasi va Xalq qabulxonalari boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi joylarda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Ishchi guruh tomonidan Farg‘ona viloyatida aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni o‘rganish va sohaviy muammolarni joyida hal etish ishlari boshlandi.

Ishchi guruhga Prezident maslahatchisining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi rahbari U.Muhammadiyev boshchiligida Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimlari, vazirlik va idoralar mas’ullari jalb etildi.  

Viloyat bo‘yicha aholini yillar davomida qiynab kelayotgan eng dolzarb muammolar, shaxsiy murojaatlarni imkon qadar joyida hal etish, tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirish masalalar e’tibor markazida bo‘ldi. Shundan kelib chiqqan holda Xalq qabulxonalari, vazirlik va idoralar, viloyat, tuman sektorlari rahbarlariga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.  

O‘tgan ikki kun davomida Xalq qabulxonalari tomonidan tuman, shahar sektorlari bilan hamkorlikda 11 ta sayyor qabul tashkil etildi. Qabullarda 308 nafar fuqaro tomonidan 320 ta masala ko‘tarildi. Murojaatlarning 102 tasi joyida hal etildi, 92 tasi bo‘yicha tushuntirish berilib, qolgan 126 ta masala ijrosi nazoratga olindi.  

Jumladan, Buvayda tumani O‘rta qo‘ng‘irot mahallasida tashkil etilgan qabulda 27 nafar fuqaro 22 ta masalada murojaat qildi. 4 tasi joyida hal etilib, 18 tasi bo‘yicha tegishli idora va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi, ijrosi nazoratga olindi. Jumladan, Qoratepa mahallasida yashovchi O.Qo‘ldashevning ichimlik suvi tarmog‘ini ta’mirlash masalasi ijobiy hal etildi. Farg‘ona shahri Kirgili mahallasida yashovchi fuqaro M.Dadajonovaning sud qarori ijrosi, himoya orderi, gaz, moddiy yordam masalalari ijobiy hal etildi.  

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 153 ta murojaat qayta o‘rganilib, 19 tasi ijobiy hal etildi. Jumladan, Farg‘ona tumani Oq oltin mahallasida yashovchi B.G‘iyosiddinovaning farzandi 47-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirildi. Beshariq tumani Qoraqo‘yli mahallasida yashovchi M.Qayumovning oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun subsidiya mablag‘larini olish yuzasidan murojaati ijobiy hal etildi.  

Buvayda tumanidagi 17-sonli umumta’lim maktabida tumandagi band bo‘lmagan, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi fuqarolar uchun  bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi. Unda tumandagi 51 ta korxona, tashkilot, muassasalar va fermer xo‘jaliklari 241 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi. Jami 85 nafar fuqaro ishtirok etdi. Tadbir davomida 42 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. Shundan, 22 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi, 20 nafar fuqaro “VODIY TRADE 007” korxonasiga kasanachi sifatida ishga qabul qilindi va ularga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi.  

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Quva tumani Qoraqum mahallasi aholisi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etilib, ko‘rik davomida 190 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 132 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlandi. 124 nafar bemorga ambulator sharoitda davolanishga tavsiya berildi, 8 nafar bemorga shahar va viloyat muassasalarida davolanish va tekshiruvlar uchun yo‘llanma berildi. Tibbiy ko‘rikda Quva tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida kardiolog, LOR, dermatolog, psixiatr nevropatolog mutaxassislari ishtirokida laboratoriya, EKG va skrining tekshiruvlari o‘tkazildi.  

Bundan tashqari, kelib tushgan murojaatlar asosida aholi 283 tonna suyultirilgan gaz bilan ta’minlandi. O‘zbekiston tumani Sulaymon mahallasidagi aholi iste’molchilariga tabiiy gaz yetkazib beruvchi o‘rta va past bosimli gaz quvurlarida tamirlash, tartibga keltirish va bo‘yoqlash ishlari amalga oshirildi.  

Elektr ta’minoti sohasidagi murojaatlarni hal etish uchun jami 2,9 km elektr tarmog‘i tortildi hamda yangi 2 ta transformator punkti va 60 ta temir-beton tayanchlar o‘rnatildi. Misol uchun, Buvayda tumani Jaloir mahallasida 0,2 km tarmoq tortildi va Tepalik mahallasida 10 ta tayanch o‘rnatildi.  

Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar asosida Farg‘ona shahar A.Qodiriy mavzesidagi 250 ta ko‘p qavatli uylarning ichimlik suvi ta’minoti uzluksizligini ta’minlash maqsadida quvurlarni almashtirish ishlari olib borilmoqda. Qo‘qon shahar Achchiqko‘l mahallasidagi 28-sonli suv inshootida ichimlik suvi nasosi ta’mirlandi.  

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.  

25.01.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar