2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yarim asrlik murojaat hal etildi

Husanboy ota ushlagan joyini qo‘yvormaydigan odam. Bir ishni boshladimi, to yakuniga yetkazmaguncha tinchimaydi. U o‘z manfaati uchun emas, xalqni, qishloq odamlarining uzog‘ini yaqin qilish uchun yelib-yuguradi. Bo‘lmasa, 1968 yildan buyon bitmagan ish uchun yarim asrdan buyon idorama-idora yurmas edi.

Gap shundaki, Andijon viloyati Izboskan tumanidagi Katta qishloq mahallasi o‘rtasidan oqib o‘tuvchi Tentaksoy daryosiga solingan eski ko‘prikni bundan yarim asr muqaddam sel yuvib ketgan. Rahbarlarning e’tiborsizligi tufayli uni ta’mirlash shuncha yildan buyon paysalga solib kelingan. Odamlar daryoning u tomoniga o‘tish uchun 14 kilometr yo‘l bosishga majbur bo‘lgan. Husanboy ota keksayu yoshning, ayniqsa ayollarning yo‘l azobini tortayotganini ko‘rib, achinadi. Qanchadan-qancha idoralar eshigida sarg‘ayadi. Ammo bu ko‘prikni ta’mirlash uchun mablag‘ berilmaydi. Rahbarlar esa “Keyingi yil dasturiga kiritamiz” degan va’dani berishdan charchashmaydi.  

—Mustaqillikdan oldin ham shu ko‘prikni ta’mirlash yuzasidan ariza yozganman, — deydi Husanboy ota Orifjonov. — Mustaqillik yillarida ham deyarli murojaat qilmagan rahbar qolmagan. Ariza bo‘yicha kelib ko‘rishadi, uzunligi 73 metr, eni 10 metrlik ko‘prikni qurish uchun katta mablag‘ talab etilishi bois, ishni orqaga surishadi. Nihoyat Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Xalq qabulxonasiga qilgan murojaatim tufayli muammo hal bo‘ldi. 6 milliard 734 million so‘m mablag‘ ajratildi, qurilish boshlandi va tez orada ko‘prik foydalanishga topshirildi.  

Yangi ko‘prik Izboskan va Paxtaobod tumani aholisi uchun qulaylik yaratibgina qolmasdan, transport vositalari harakati uchun ham asosiy vosita vazifasini o‘tamoqda. Natijada 500 ming nafardan ziyod aholiga qulaylik yaratilib, uzog‘i yaqin qilindi. Husanboy otaning yarim asrlik murojaati hal etildi.  

Mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda Xalq qabulxonalari va virtual qabulxonalarning ahamiyati beqiyos. Mazkur tizim bevosita davlat rahbariga murojaat qilish, xalq bilan doimiy muloqot olib borish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida samarali hal etishning ta’sirchan mexanizmiga aylandi.

Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan ham aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ijobiy hal etish, ularning ariza, shikoyat va murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarga yechim topish borasida e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda.  

Misol uchun, Prezident Xalq qabulxonasiga Cho‘rtonliq mahallasidan Tursunboy Qo‘chqorov maktub yo‘llab, o‘n yildan buyon qishloqda yangi maktab qurishni so‘rab murojaat qilayotgani, lekin biror natija bo‘lmayotganini aytgan. Murojaat o‘rganib chiqilgach, ko‘p o‘tmay dasturga kiritildi. Tezkor amalga oshirilgan sa’y-harakatlar tufayli qishloq bolalari yangi maktabga qatnay boshladi. 210 o‘rinli maktab Cho‘rtonliq mahalla ahliga munosib tuhfa bo‘ldi. 

Bundan tashqari, Oybek mahallasida yashovchi Boqijon Mahmudov o‘z murojaatida Izboskan tumanida xususiy shifoxona ochib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelayotganini ma’lum qilgan. Muammo shundaki, aholiga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida Xitoydan olib kelinayotgan 2 milliard 400 million so‘mlik zamonaviy tibbiy jihozlar 5 oydan buyon bojxona terminali omborxonasida noma’lum sabablarga ko‘ra ushlab turilgan. Bu murojaat ham Xalq qabulxonasi aralashuvi bilan ijobiy hal etildi va tibbiy jihozlar shifoxonaga keltirib o‘rnatildi.  

Xalq qabulxonalari tomonidan respublika miqyosida yangicha jarayonlarning amaliyotga tatbiq etilishi o‘z samarasini bera boshladi. Ya’ni, barcha viloyatlarda tashkilot, muassasa rahbarlari bilan kelishilgan holda respublikamizning eng chekka va olis hududlarida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazila boshlandi. Natijada yuzlab murojaatlar qabul qilinib, ko‘plab so‘rovlar yuzasidan ijobiy yechimga erishilyapti. Minglab hamyurtlarimiz o‘zlarining uzoq yillar davomida yechimini kutib turgan muammolari hal bo‘lganidan xursand bo‘lgani yangi tizimga berilgan munosib bahodir.  

Bir so‘z bilan aytganda, Xalq qabulxonasi instituti xalq bilan muloqotning o‘ziga xos, noyob tizimi sifatida jamiyatdagi muammolarni bartaraf etishga, odamlarning o‘z hayotidan rozi bo‘lib yashashini ta’minlashga yaqindan yordam bermoqda.  

22.01.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar