2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mahallaning moliyaviy mustaqilligi ta’minlanadi

Mahalla o‘zbek xalqi hayotida, kundalik turmushida alohida o‘ringa ega bo‘lgan tuzilma hisoblanadi. So‘nggi yillarda mahalla institutining jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlash, aholi farovonligini oshirishdagi ishtirokini kengaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

2023 yil 21 dekabr kuni qabul qilingan “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni mahallaning jamiyatdagi o‘rnini yanada oshirish, aholiga yaqin ko‘makchi bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. 

Ushbu farmonda belgilangan vazifalarning ahamiyati haqida suhbatlashish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining aynan mahalla tizimi bilan ishlaydigan qo‘mitasi — Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi Shuhrat Bafayevni taklif qilganmiz. 

— Shuhrat Gafurovich, “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga ko‘ra, mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlari hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etiladi. Mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlarining asosiy vazifasi hamda uyushmaning vazifalari nimalardan iborat? Shu haqda batafsil tushuntirib o‘tsangiz. 

— Mahallalar haqida gapirganda, avvalo, yangilangan Konstitutsiyamizda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga alohida ta’rif berilganiga to‘xtalib o‘tsak. Avvalgi Konstitutsiyamizda bunday ta’riflar mavjud bo‘lmagan. Yangi Konstitutsiyamizning XXI bobi “Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” deb nomlanib, 127-moddada “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy o‘ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli”, deb mustahkamlab qo‘yildi. Shuningdek, davlat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishida ko‘maklashishi belgilab qo‘yildi. 

Bundan tashqari, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan 7 ta ustuvor yo‘nalishning birinchi yo‘nalishida mahalla instituti faoliyati samaradorligini oshirish va uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining muhim bo‘g‘iniga aylantirish maqsadi belgilangan va bir qator vazifalar o‘z aksini topgan. 

Endilikda Prezidentimizning mazkur farmon bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari institutsional jihatdan tubdan isloh etilyapti. Farmon bilan Respublika hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlari hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etilmoqda. 

O‘zbekiston mahallalari uyushmasining asosiy 9 ta vazifasi belgilanyapti. Uyushmaning asosiy vazifasi mahallani chinakamiga boshqaruvning birinchi bo‘g‘iniga aylantirish, mahallaning xalq bilan davlat o‘rtasida «ko‘prik» vazifasini bajarishiga sharoit yaratish, mahalladagi muammolarni hal etishda o‘zining siyosatini yuritish, aholiga yordam berishdan iboratdir. 

Mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlari esa mahallani rivojlantirish yuzasidan asosiy yo‘nalishlarni belgilab beradi, daromadlar va xarajatlarga oid dasturlarni ko‘rib chiqadi. Respublika mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashi raisi Bosh vazir, viloyat va tuman, shahar kengashlarining raislari esa tegishincha viloyat va tuman, shahar hokimlari hisoblanadi. 

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida 5 ta shtat birligidan iborat “Mahalla yettiligi” faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi joriy etilmoqda. “Mahalla yettiligi”ga mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori kiradi. Ular mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda asosiy javobgar hisoblanadi. 

— Joriy yil 1 yanvardan boshlab barcha tuman va shaharlarda “Mahalla byudjeti” tizimi amaliyotga joriy etilmoqda. “Mahalla byudjeti” qaysi manbalar hisobidan shakllantiriladi, ushbu tizim mablag‘larini sarflash vakolati kimga beriladi? 

— Mahallaga juda ko‘p vakolatlar berilyapti, vazifalar yuklatilyapti. Ammo bu vazifalarni amalga oshirish uchun ularning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash kerak. Ya’ni, mahalla davlatga qaram bo‘lib, davlatdan pul so‘rashi emas, balki mustaqilligini ta’minlashga intilishi kerak. Buning uchun ham davlat mahallaga ko‘mak beryapti. Shuning uchun ham “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etilib, Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi ochildi. Ushbu jamg‘armalarga jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‘idan undirilgan mablag‘lardan tegishli qismi o‘tkaziladi. 

Jamg‘arma mablag‘larini sarflash vakolati esa mahallaning o‘ziga beriladi. Qayerda, qanday muammolar borligini ularning o‘zi yaxshi biladi. Yettilik vakillari birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘rganib, shu asosda ish olib boradi. 

— Endilikda mahalla raislari 3 yil emas, 5 yilga saylanishi belgilanmoqda. Bundan maqsad nima, qanday natija beradi? 

— Juda to‘g‘ri masala. Mahalla raislarining vakolat muddati ilgari 2,5 yil edi, keyin 3 yil bo‘ldi. Endi 5 yilga uzaytirilmoqda. Mahallalarda masalalar ko‘lami kengaymoqda. Davlat o‘z zimmasidagi ko‘plab funksiyalarni mahallaga o‘tkazyapti va buning uchun o‘zi ham ko‘maklashyapti. Ish hajmi ko‘payganidan keyin ularni taqsimlash, yettilik vakillarining boshini birlashtirish, hududdagi muammolarni hal etish uchun tajribali mahalla raisi bo‘lishi kerak. Tajriba esa 1, 2 yoki 3 yilda yig‘ilmaydi. Shuning uchun ham mahalla raislarining vakolatini 5 yilga uzaytirish masalasi juda to‘g‘ri qo‘yilgan. 

13.01.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar