Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Hokim shifoxonadagi bolalardan xabar oldi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lib, onkogematologiya, kardioxirurgiya, neyroxirurgiya va chaqaloqlar xirurgiyasi bo‘limlarida davolanayotgan 48 nafar bola va ularning onalarini Yangi yil bilan tabrikladi, bayram sovg‘alarini topshirdi.

Viloyat rahbari bolalar va ularning onalariga dalda berdi, tezroq sog‘ayib ketishlarini tiladi.

Davlatimiz rahbarining onalik va bolalikni muhofaza qilishga bo‘lgan alohida e’tibori natijasida va qarorlari ijrosi doirasida barpo etilgan, bir yil avval – 2022 yil 27 dekabrda foylalanishga topshirilgan 3 qavatli onkogematologiya, kardioxirurgiya, neyroxirurgiya va chaqaloqlar xirurgiyasi bo‘limlari binosi eng ilg‘or xorijiy jihozlar bilan ta’minlanib, bemor bolalar va ularning ota-onasi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Bolalarning davolanishi bilan birga ta’lim-tarbiyasi ham e’tiborda. Bu yerda “Zamin” fondi tomonidan tashkil etilgan “Mehrli maktab” va “Ilk qadam” nomli maktab va bog‘cha go‘shalarida bolalar bilim olib, qiziqarli mashg‘ulotlar o‘tmoqda.

30.12.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar