2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Dengiz chekinyapti, lekin inson chekinmaydi…

Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi ilk bor Nukus shahridan deyarli 300 kilometr olisda – Orolning qurigan hududida oʻtkazildi.

“Orol va Moʻynoq taqdiri: dengiz chekinyapti, lekin inson chekinmaydi” mavzusida oʻtgan sessiya sunʼiy yoʻldosh orqali jonli efirga uzatildi. Ushbu tadbir oʻtkazilgan joyda bundan 50-60 yil oldin 56 metrlik suv boʻlgan. Ayni paytda mazkur hududga saksovul ekilib, oʻziga xos oʻrmonga aylantirish choralari koʻrilmoqda.

 

3.JPG

 

Sessiyaga Oʻzbekiston Parlamenti deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi hukumati aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi masʼullari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, shahar va tumanlar hokimlari, olimlar, tadbirkorlar, Moʻynoq xalqi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan fikr almashildi. Yurtboshimizning nafaqat Oliy Majlisga, balki butun xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasida Orol va Moʻynoq mavzusiga alohida eʼtibor qaratilgani taʼkidlandi.

 

– Orol dengizi 45-50 yil davomida bir avlodning koʻz oʻngida yoʻqolib ketdi, – deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M. Yerniyazov. – Hozirda dengizning qurigan maydonida juda katta sahro paydo boʻlib, undan yiliga 100 million tonna tuzli chang koʻtariladi. Bu zarralar olis-olislar – muzliklar, Yevropa davlatlari, Norvegiya oʻrmonlarigacha yetib bormoqda. Jahon muammosiga aylangan Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish yuzasidan Muhtaram Yurtboshimiz amaliy tashabbuslar bilan chiqdi va bugungi kunda uning ilk natijalari koʻrinmoqda. Prezidentimiz BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida bu muammoga jahon hamjamiyatining eʼtiborini tortgan edi. Yaqinda BMTning Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik asosida Trast fondi tashkil qilinib, unga dastlabki kunlardanoq Yaponiya, Norvegiya, Qatar va Saudiya Arabistoni davlatlari maʼlum miqdordagi mablagʻni yoʻnaltirdi.

 

7.JPG

 

Prezidentimiz oʻtgan yilning noyabr oyida Qoraqalpogʻistonga tashrifi chogʻida Moʻynoq tumaniga ham tashrif buyurdi va aholi bilan suhbatlashdi. Ularning istak va takliflarini tingladi va tashrif yakuni bilan Qoraqalpogʻiston boʻyicha Dastur qabul qilindi. Ushbu dasturga 973 loyiha kiritilgan. mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun qariyb 12 trillion soʻm mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar asosida 12-13 mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratiladi.

 

11.JPG

 

Prezidentimizning 2017 yil 28 fevralda “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanini 2017-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarori qabul qilingan edi. Ushbu hujjat bilan qabul qilingan ikki yilga moʻljallangan dastur boʻyicha Moʻynoqda zamonaviy mehmonxonalar, ijtimoiy obyektlar, kichik sanoat zonalari barpo qilindi. Aholining asrlik orzuyi boʻlgan 101 kilometrlik toza ichimlik suv quvurlari tortildi.

 

Sessiyada taʼkidlanishicha, Moʻynoqda Sudochye, Moʻynoq qoʻltigʻi, Mejdurechye, Jaltirbas kabi 10-17 ming gektarni tashkil qiladigan koʻllarni saqlab qolish va baliqchilikni rivojlantirish boʻyicha dastur qilinmoqda. Ushbu koʻllardan tutilgan baliqlar Moʻynoq konserva zavodiga yetkazib beriladi hamda koʻllardagi qamishlar tumanda qurilayotgan DSP zavodi xomashyosi boʻlib xizmat qiladi.

 

14.JPG

 

Davlat rahbarining Orol muammosini yechishga yangicha yondashuvi boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari B.Alixanovning taʼkidlashicha, yarim asrdan buyon Orol muammosini hal qilish boʻyicha “pichoqqa ilinadigan” hech narsa ishlanmagan. Minbarlarda, yigʻilishlarda “Orol, Orol” deb quruq bong ura berganmiz, lekin eʼtiborli samaraga erishmaganmiz.

 

18.JPG

 

Bugun bu yerda olib borilayotgan ishlar kishini lol qoldiradi. Orolboʻyi hududini ekologik innovatsiya va texnologiyalar zonasi deb bejizga atashmadi. Orolning qurigan maydonida saksovul ekish ishlariga boshchilik qilish Favqulodda vaziyatlar vazirligiga topshirildi. Himoya oʻrmonzorlarni barpo qilish maqsadidagi ishlar 2018 yil 17 dekabrdan boshlandi. Ushbu tadbirga Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 217, respublikamizning 11 viloyatidan 290, jami 507 muhandislik va qishloq qurilish texnikalari Orolning qurigan maydoniga safarbar qilindi. Moʻynoqda 45 kilometr uzoqlikda, Orolning qurigan tubida shtab tashkil qilindi. Shu kunga qadar 77 ming 997 gektar maydonda qum saqlovchi ariqlar tortildi. 27 ming 215 gektar maydonga saksovul urugʻlari sepildi va koʻchatlari oʻtqazildi. Bundan tashqari, samolyotlar yordamida 18 parvoz amalga oshirilib, jami 4 ming 400 gektar maydonga saksovul urugʻlari sepildi. Ushbu ishga tegishli olimlar ham jalb qilinib, tuproq tahlillari olinmoqda.

 

19.JPG

 

Shu oʻrinda Moʻynoq dalalarida oʻsib turgan saksovul urugʻlarini yigʻib, shtabga yetkazib berayotgan odamlarning koʻmagini alohida taʼkidlash oʻrinli. Maʼlumot oʻrnida saksovul urugʻining 1 kilogrammi 15 ming soʻmdan sotib olinayotganini aytib oʻtish joiz. Bir kishi kuniga 10 kilogrammgacha urugʻ yigʻishi imkoniyati bor. Bu bir kunda 150 ming soʻm degani. Moʻynoqliklarning taʼkidlashicha, baʼzi oilalar bir kunda 800 ming soʻm pul olmoqda. Maʼlumotlarga qaraganda, moʻynoqlik 600 kishi shu ish bilan band.

 

21.JPG

 

Orolning qurigan tubida oʻtkazilayotgan tadbirlarga 1 ming 300 dan ortiq kishi jalb qilingan, ulardan 900 tasi urugʻ terishga va qolganlari ekishda ishtirok etmoqda.

 

Oʻtgan yili Qoraqalpogʻistonga yopirilgan tuz boʻroni koʻpchilikni tashvishga solib qoʻydi. Joylarga chiqib, ushbu tuz aralash chang toʻzonning qishloq xoʻjaligiga zarari mutaxassislar va olimlar tomonidan oʻrganilib chiqildi va tuzli qumlar qishloq xoʻjaligi ekinlari barglariga oʻrnashib, ustki qismini qoplab olgan hamda barglarini kuydirib, qovjiratib qoʻyganligi maʼlum boʻldi. Shundan soʻng hududda bronxial astma va allergik renit kasalliklari avj oldi. Mana shunday muammolarning oldini olishda saksovulzorlar barpo qilish zarur.

 

Orolning qurigan tubini oʻrmonzorga aylantirish ana shunday ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarga yechim boʻla oladi. Ushbu muammoga tegishli chora koʻrilmaganda 20-30 yildan soʻng ahvol bundan ham yomon tus olgan boʻlar edi.

 

Saksovul oʻzidan kislorod chiqaradi va havoning ifloslanishining oldini oladi, bu – hozirgi olib borilayotgan tadbirning ekologik mazmuni. Oʻrmonzorlar paydo boʻlgandan keyin hududda yaylovlar paydo boʻladi, chorvachilik rivojlanadi. Bu esa iqtisodiy masalalarga yechim boʻladi va uning natijasida aholining ijtimoiy ahvoli yaxshilanadi.

 

Qator arab davlatlarida sahrodan turizmni rivojlantirishda samarali foydalaniladi. Tuyalarda sayr qilish, sahrolarda rallilar tashkil qilish, ov turizmi aa boshqa imkoniyatlarimizni ishga solish vaqti keldi. Bu ham ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga yechim boʻladi.

 

Xalqaro press-klubning ushbu sessiyasi mobaynida xayrli ishga qoʻl urilgani, yaʼni, jonli efir orqali Moʻynoqda olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarga oʻz hissamni qoʻshaman, yaʼni xayr-saxovat qilishni xohlovchilar uchun maxsus hisob raqami ochilgani eʼlon qilindi. Ushbu hisob raqamiga qisqa vaqt ichida yurtdoshlarimizdan 6 milliard soʻmdan ortiq pul kelib tushgani taʼkidlandi. Mazkur hisob raqamiga kelib tushgan pullar esa ogʻir sharoitda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizga har tomonlama sharoit yaratish uchun, oʻrmonzor barpo qilishdagi boshqa maqsadlarga yoʻnaltiriladi.

 

Tadbirda yurtimizning barcha joylaridan, hattoki boshqa davlatlardan ham yurtdoshlarimiz boshlangan xayrli ishga daxldor ekanliklarini maʼlum qildi.

 

Yesimxon Qanoatov, Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA

05.01.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar