2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bog‘i eram obod va ko‘rkam mahallaga aylandi

Surxondaryo viloyatida Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan “Obod xonadon–obod ko‘cha –obod mahalla” mezonlari asosida yana bir chekka mahalla yangi qiyofada bo‘y ko‘rsatdi.

Muzrabot tumani markazidan 35 chaqirim olisdagi chekka Bog‘i eram mahallasida yirik hajmdagi qurilish-¬obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, hudud aholisining hayotdan rozi bo‘lib yashashi uchun barcha sharoit yaratildi.

Mahalladagi 610 oilada  2 ming 600 dan ortiq aholi  yashaydi. Dastur doirasida  80 ta xonadon ta’mirlanib,, 1 kilometr davlat  ahamiyatidagi, 1,7 kilometr ichki yo‘lga asfalt, 13,1 kilometr tuproq yo‘lga tosh yotqizildi. 1 ming 350 metr piyoda yo‘lagi qurilib, 7 ta transformator  punkti ta’mirlandi. 71 ta temir-beton ustun o‘rnatilib, 4 kilometr oqova suv tarmog‘i qazildi.

Hududda “Obod  xonadon¬ –obod ko‘cha –¬obod mahalla” mezonlari  joriy etilgani nafaqat  Bog‘i eram, balki  Guliston, Fayziobod, Mohiyat, Chegarachi mahallalarini tuman markazi bilan bog‘laydigan ta’mirtalab ko‘prik 2 milliard 850 million so‘m mablag‘ evaziga tubdan rekonstruksiya qilinib, beshta mahallaga  transport qatnovi uchun qulay sharoit yaratildi. Yangi mahalla idorasi, tikuvchilik sexi qurildi.

–Umrimning eng kuchga to‘lgan yillari dalada o‘tdi. Erta tongdan qosh qorayguncha g‘alla, paxta parvarishladik. Aqlimni tanibmanki, yozda chang, qishda loy kechib, yurdik,¬–deydi 84 yoshdagi Norboy Razzaqov.¬–Lekin hozirgidek obod va to‘kin hayotni ko‘rmadim. Mahallamizda amalga oshirilgan bu ishlar uch oyda bajarildi. Qarang, qishlog‘imiz  shaharcha tusini oldi. Barcha qulaylik  yaratilgan. Bunday go‘shada umr kechirish biz, keksalarning yoshimizga yosh qo‘shadi, yoshlarning o‘qish va ishlariga shijoat ulashadi. Shunday to‘kin hayot inom etayotgan davlatimizdan cheksiz minnatdormiz.  

Mahallada yangidan bunyod etilgan va rekonstruksiya qilingan ijtimoiy soha binolarining tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov va O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Muhammadiyev ishtirok etib, mamlakatimizda keyingi yillarda inson qadrini ulug‘lashga qaratilayotgan e’tibor va yurtimizning olis, chekka hududlarida ham aholi turmush darajasini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar haqida so‘z yuritdi. Mahalla ahlini tubdan yangilangan obod go‘sha bilan muborakbod etib, ularning hududni rivojlantirish yo‘lidagi  ishlariga omad tiladi. Aholi xonadonlarida bo‘lib, turli oziq-ovqat ekinlari yetishtirilayotgan tomorqa yer egalari bilan suhbatlashdi.  

Tantanali tadbirda bir guruh mahalla fuqarolariga “Mahalla iftixori”, “Namunali tomorqachi” kabi ko‘krak nishonlari topshirildi.  

14.12.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar