Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Odamlar dardiga quloq tutib...

“Inson manfaatlari har narsadan ulug‘”, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”, degan shiorlar hayotimiz mazmuniga aylanib ulgurdi.

Shirin shahridagi muhtasham Yoshlar markazi binosida Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari Ulug‘bek Hotamov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Shaharning Mirzo Ulug‘bek mahallasida istiqomat qiladigan Feruza Hamidova  farzandi bir necha yildan buyon ishsizligini bayon etib, uning hududdagi bankka ishga joylashishida amaliy yordam so‘radi. Fuqaroning ushbu мурожаати tez orada hal etiladigan  bo‘ldi.

Qabulda subsidiya ajratish, kredit olish hamda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish borasida ham murojaatlar kelib tushdi. Moddiy yordam masalasidagi 3 ta murojaatga asosan oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat hadyalar murojaat egalariga yetkazildi. Amir Temur mahallasida yashovchi Samariddin Beknazarovga murojaati asosida shu kunning o‘zida nogironlik aravachasi   yashash xonadoniga olib borib topshirildi.  

Sayyor qabuldan so‘ng sektor rahbarlari, mas’ullar shahardagi 1-sonli umumta’lim maktabida bo‘lishib, xonalarning isitilishi, o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Qozonxonada mehnat qilayotgan ishchilar holidan xabar olindi. Ularga minnatdorlik bildirilib, mehnatlari e’tirof etildi.

Qabul davomida murojaatlarning aksariyati o‘z yechimini topgan bo‘lsa-da, hal etilishi muddat talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddilarga qo‘shimcha o‘rganish yuzasidan topshiriq berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.  Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan muloqotning bunday betakror tizimi xalqimiz turmush darajasini yuksaltirishga qaratilganligi bilan yanada ahamiyatlidir.

17.12.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar