2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Andijonda yordamga muhtoj 49 nafar fuqaroga yangi uylar topshirildi

Andijon shahridagi viloyat qoʻgʻirchoq teatrida boʻlib oʻtgan tadbirda jismoniy imkoniyati cheklangan, ogʻir ijtimoiy sharoitda yashayotgan uy-joyga muhtoj fuqarolarga 442 million soʻm miqdorida boshlangʻich badal toʻlovlari amalga oshirilgan hamda 1 milliard 792 million soʻm miqdoridagi qurilish ishlari bajarilishi hisobiga barpo etilgan yangi uylarning kaliti tantanali ravishda oʻz egalariga topshirildi.

– Turmush oʻrtogʻim 1- guruh, oʻgʻlim va kelinim esa 2 guruh nogironlari, – deydi Baliqchi tumanidagi “Matonat” mahallasida yashovchi Mohiraxon Haydarova. – Oʻzimizning uyimiz yoʻqligi uchun birovlarning uylarida yashab kelayotgan edik. Uy-joy qilishga umuman imkonim yoʻq edi. Xotin-qizlar qoʻmitasi vakillari sharoitimizni oʻrganib, uy-joy berilishi uchun roʻyxatga kiritganida ochigʻi, uy-joy olishga ishonmagan edim. Dunyoda mendan baxtli inson yoʻq. Chunki, menga uy berildi. Endi oʻz uyim bor, kimningdir oldida xijolat boʻlmay, xotirjam yashay olaman. Hatto, yaqinlarim koʻrsatmagan bunday yaxshilikdan, davlatimizning eʼtibor va gʻamxoʻrligidan yashashga boʻlgan umidim, davlatimizga, yaxshi insonlarga ishonchim ming karra ortdi. Qiynalib yashayotgan men kabi ayollar holidan xabar olib, ularning mushkulini oson qilayotgan insonlarga, mana shunday xayrli ishlarning boshida turgan Prezidentimizga rahmat.

 

Andijon viloyatida 2018 yilda ana shu toifadagi 320 nafar xotin-qizga yangi uy-joylar topshirilgan. Yangi uy bilan taʼminlanganlarning 218 nafari jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlardir. Bundan tashqari, yangi uy olgan xonadon egalariga umumiy qiymati 235,6 million soʻmlik maishiy texnika, 68,6 million soʻmlik mebel toʻplamlari, 6,5 million soʻmlik tikuv mashinalari sovgʻa tariqasida berildi.

 

- Har bir insonning oʻz uyi boʻlgani yaxshi, - deydi yangi uy sohibasi, Asaka tumani “Argʻin“ mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Luiza Mamajonova. – Sharoitimiz oʻta ogʻir, uch nafar farzandim bor. Ularning ikkitasi nogiron. Oʻz uyimiz yoʻqligidan birovlarning uylarida yashab kelar edik. Prezidentimizning eʼtibori va gʻamxoʻrligi tufayli bizga ham uy berildi. Bundan ayniqsa, farzandimning quvonganini koʻrsangiz edi. Men kabi koʻngli oʻksik insonlarga quvonch ulashayotgan Prezidentimizdan minnatdorman.

 

Ayniqsa, rekonstruksiya qilish, moslashtirish hisobiga uy-joyga aylantirilgan taʼlim muassasalarining sobiq yotoqxona binolarida yashovchilarning bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi. Viloyat miqyosida topshirilgan ana shunday uylarning birinchi qavatlarida 10 ta tikuv-trikotaj va boshqa yoʻnalishlardagi sexlar faoliyati yoʻlga qoʻyilib, 275 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

 

“Obod mahalla” dasturi doirasida esa Andijon shahridagi uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Xoʻjaobod tumani “Qozoq” massivi “Xidirsha” mahalla fuqarolar yigʻini hududida 220 oilaga, shu jumladan, 92 tasi sharoiti ogʻir oilaga yangi uylar qurib berildi.

 

Umuman, viloyatda 2018 yil davomida 649 nafar uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarning ehtiyoj va istaklari qanoatlantirildi.

 

Faxriddin Ubaydullayev, OʻzA

04.01.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar