2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hokim hafta davomida tadbirkorlarni qabul qiladi

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov haftani tadbirkorlar qabuli bilan boshlashi an’anaga aylanib qolgan. Har hafta dushanba kuni ertalab Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasida viloyat hokimi tadbirkorlarning murojaatlarini eshitadi.

Ushbu haftada bu tartib biroz o‘zgardi. E.Turdimov hafta davomida Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Urgut va Payariq tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularning murojaatlarini eshitishi haqida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon berildi.  

Dastlabki uchrashuv bugun Samarqand shahridagi yoshlar markazida o‘tkazildi.

Uchrashuv haqida e’lon berilgach, viloyat hokimiga o‘z dardini aytmoqchi bo‘lgan 50 dan ortiq tadbirkor  Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasida ro‘yxatdan o‘tib, muammosini bildirdi. Shu paytgacha qadar bu murojaatlarning 24 tasiga tegishli idoralar tomonidan yechim topildi. Qolgan murojaatchilar va uchrashuvda bevosita qatnashish uchun kelgan 80 dan ortiq tadbirkorning muammolari bugun tinglanib, aksariyat masalalarga ijobiy yechim topildi.  

– Davlatimiz rahbarining 2021 yil 13 iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap g‘oyalari tanlovlarini tashkil etish hamda har bir tuman va shaharda kamida uch nafardan g‘olibga grantlar berish belgilangandi, – deydi Samarqand shahrida yashovchi yosh tadbirkor Aqida Abdurahmonova. – Shu asosida 2022 yil sentyabr oyida Samarqandda o‘tkazilgan tanlovda 20 ta loyihadan 7 tasi, jumladan, bizning “Batat unidan shirinliklar ishlab chiqarish” loyihamiz ham g‘olib bo‘lgandi. Bu loyihani amalga oshirishimiz uchun bizga 55 million so‘m grant berilishi kerak edi. Ammo haligacha ushbu mablag‘ ajratilmayapti. Shu masalada viloyat hokimiga murojaat qilgandik, 15 dekabrga qadar muammoni ijobiy hal qilish bo‘yicha mutasaddilarlarga topshiriq berildi.  

Ishtixondan kelgan tadbirkor Shohsanam Sodiqova kasanachilik asosida 17 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlagan va non ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Endilikda faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli kredit olish niyatida. Ammo o‘zining aytishicha, bunga tumandagi ayrim mas’ullar to‘sqinlik qilmoqda. Viloyat hokimi bu murojaatni ham qisqa muddatda o‘rganib, yechim topish bo‘yicha mas’ullarni belgiladi.  

Uchrashuv davomida tadbirkorlar va endigina ushbu faoliyat bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqarolarning imtiyozli kredit olish, elektr energiyasi, gaz tarmog‘iga ulanish, kadastr hujjati tayyorlash, davlat va jamoat ehtiyoj uchun olingan bino uchun kompensatsiya to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ham murojaatlar tinglanib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.  

Viloyat hokimining tadbirkorlar bilan shu kabi uchrashuvlari 29 noyabr kuni Urgut tumanida, 30 noyabrda Kattaqo‘rg‘on shahrida va 2 dekabrda Payariq tumanida o‘tkaziladi.

26.11.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar