2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ta’mirga muhtoj, og‘ir sharoitli hududlar o‘rnida obod maskanlar qad rostlamoqda

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi boshchiligida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari bo‘yicha davom etayotgan ishlar zamirida elimizning mehri, roziligi va duosiga sazovor bo‘lishdek ezgu maqsadlar yotadi.

Respublikaning tanlangan 56 ta “qizil” toifadagi mahallasida Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, tegishli vazirlik va idoralar hamda viloyat sektor rahbarlaridan iborat shtablar tuzildi. Har bir mahalla kesimida esa qilinishi kerak bo‘lgan ishlar belgilab olinib, jadal amalga oshirilmoqda.

Xususan, o‘tgan ikki yarim oy mobaynida 3,5 mingdan ziyod uy-joyi ta’mirga muhtoj va o‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan fuqarolarning turar joylari joriy va kapital ta’mirlab berildi, 900 ga yaqin xonadonga kadastr hujjatlari rasmiylashtirildi.

Dastur doirasida mahallalardagi 571 ta ko‘chada infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida asfalt, shag‘al, betonlash ishlari qilinib, piyodalar yo‘lagi barpo etildi.

Obod maskanlar tunlari ham charog‘on bo‘lishi uchun yangi elektr tarmoqlari tortilib, mingdan ziyod yoritish moslamalari, yangi transformator o‘rnatildi, 5 mingdan ziyod simyog‘och ustunlari beton ustunlarga almashtirildi.

Qishki mavsumga tayyorgarlik jarayonlarida, eng muhimi, joylarda gaz ta’minotini yaxshilashdir. Olib borilayotgan ishlar natijasida 119 ta gaz taqsimlash punkti ta’mirlanib, yangi tabiiy gaz tarmog‘i tortildi. Aholi talabidan kelib chiqib, 12 mingdan ziyod qo‘shimcha suyultirilgan gaz ballonlari va ko‘mir yetkazib berildi.

Ichimlik suvi ta’minoti borasidagi ishlar ko‘lami ham rejaga ko‘ra amalga oshirilib, 183 kilometr uzunlikdagi yangi suv tarmoqlari tortilib, ta’mirtalablari sozlandi. Shuningdek, yangi ichimlik suvi inshootlari o‘rnatildi. Mavsumga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 21 ta ko‘p qavatli uyning tom qismi, 59 tasining kirish yo‘laklari ta’mirlandi.

Obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan hudud aholisining muhtoj qatlamiga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatish masalalari ham Respublika ishchi guruhi e’tibori markazida bo‘ldi.

Jumladan, 1,1 ming nafar “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagilarga 2 milliard 680 million so‘mlik turli yordamlar ko‘rsatildi. Ikki yuzdan ziyod fuqaroga nogironlik aravachasi, protez-ortopediya vositalari yetkazildi. Yetti mingdan ziyod aholiga bepul dori-darmon vositalari ajratildi. Mingga yaqin fuqaroga esa 15 milliard so‘mlik imtiyozli kredit, to‘rt yuz nafarining subsidiya olishiga ko‘maklashildi.

Shu bilan birga, o‘z hunarining ortidan mehnat qilishni istagan 206 nafar xotin-qizga tikuv mashinasi va 139 nafar fuqaroga asbob-uskuna va mehnat qurollari olib berildi.

Aholi salomatligini yaxshilash maqsadida tashkil etilayotgan tibbiy ko‘riklar natijasida o‘z salomatligidan xavotir olish kabi holatlarga barham berilmoqda. Xususan, 116 mingdan ziyod shaxs bunday imkoniyatdan foydalangach, 838 nafariga davolanish uchun orderlar ajratildi, sihatgoh, sanatoriy va profilaktoriyalarga yo‘llanma berildi, yakka yolg‘iz keksalar, nogironlarga turli yordamlar ko‘rsatildi.

Mahallalarda ma’naviy muhitni yaxshilash borasida olib borilayotgan ma’rifiy va sport tadbirlari hamisha aholiga manzur bo‘lgan. Shu ma’noda 10 mingdan ziyod turli tadbirlar xonadon madaniyatini yuksaltirish, obod va ko‘rkam qilish, farzand tarbiyasi, ma’naviyat va kitobxonlikni targ‘ib qilish kabi yo‘nalishlarda bo‘ldi.

Aynan shu kabi targ‘ibot, tashviqot va tushuntirish ishlari natijasida 245 ta oiladagi notinch va nizoli holatlar jamoatchilik aralashuvi bilan bartaraf etildi.

Ezgu ishlar davom etmoqda.  

24.11.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar