2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ezgu ishlar davomi: og‘ir hududlar obod bo‘lmoqda

Farovon mahalla deganda ko‘pchiligimiz avvalo aholi yashashi uchun qulay sharoitlar bo‘lsagina kifoya deb tushunamiz. Aslida esa sharoitlar bilan birga hududdagi insonlarning ish bilan ta’minlanganlik darajasi, salomatligi va davlat xizmatlari bilan bog‘liq turli masalalari ham aynan obod mahalla mezonlarining bir qismi sanaladi.

Shu ma’noda davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan respublikamizning eng chekka va olis hududlarida tanlab olingan 70 ta “qizil” toifadagi mahallada “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda.

Xususan, Prezident Administratsiyasi va Xalq qabulxonalari mas’ullari boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan har bir mahalla kesimida “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, undan hududlar infratuzilmasi, aholi yashash sharoitlari, ma’naviy-ma’rifiy muhitni yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar joy olgan. O‘tgan davr mobaynida rejaga muvofiq bir qator amaliy ishlar bajarildi.

Jumladan, Respublika ishchi guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, uy-joyi ta’mirga muhtoj va o‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan 2700 dan ziyod fuqaroning turar joylari joriy va kapital ta’mirlab berildi.

Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida ayni paytda 571 ta ko‘chada bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. Ularga asfalt, shag‘al, betonlar yotqizilib, piyodalar yo‘lagi barpo etildi, yoritish moslamalari o‘rnatildi.

174 kilometr uzunlikdagi yangi elektr tarmog‘i tortilib, transformatorlar o‘rnatildi. 4 652 ta simyog‘och ustun betonlisiga almashtirildi va yangi qo‘shimcha temir-beton ustunlar o‘rnatildi.

Qish mavsumiga qadar gaz ta’minotida muammolar bo‘lmasligi uchun 112 ta taqsimlash punkti ta’mirlanib, 4 kilometr uzunlikdagi yangi tarmog‘i tortildi va ta’mirga muhtojlari sozlandi. Aholiga 11 mingdan ziyod suyultirilgan gaz ballonlar yetkazib berildi. Murojaatlarga asosan 2,2 mingdan ziyod xonadonga ko‘mirlar yetkazib berildi.

Aholi uchun avvalo ichimlik suvi bilan bog‘liq imkoniyatlarning yaratilishi muhim bo‘ladi. Shu maqsadda hududlarda yangi tarmoqlar tortilib, 11 kilometri ta’mirlandi. Shu bilan birga yangi ichimlik suvi inshooti o‘rnatildi.

Bundan tashqari, 20 ta ko‘p qavatli uyning tom qismi, 41 tasining kirish yo‘laklari ta’mirga muhtoj ekani aniqlanib, ta’mirlash vazifalari bajarildi.

Yuqorida aytganimizdek, inson qadrini yuksaltirish aholiga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatish va muammolari hal etilishida ko‘maklashish bilan amalga oshiriladi. Bugungi kunda bu ham Respublika ishchi guruhi e’tiboridagi masaladir. 
Olib borilgan o‘rganishlar natijasida mahallalarda 4 mingdan ziyod aholining bandligi ta’minlandi, 277 nafar fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashildi.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi fuqarolarga 2 milliard so‘mdan ziyod yordamlar ko‘rsatildi. 
Bilamizki, nogironligi bo‘lgan fuqarolar ko‘p hollarda muhim vositasiz harakatlana olmay qiynalishadi. Ularga sharoit yaratish uchun nogironlik aravachalari, protez-ortopediya vositalari, 5 789 nafariga bepul dori-darmon vositalari, 145 nafariga tikuv mashinasi va asbob-uskunalar, mehnat qurollari olib berildi.

Obod mahalla sharoiti insonlarni sog‘lom yashashiga ham imkon hisoblanadi. Bunyodkorlik jarayonida aholi sog‘lig‘ini yaxshilash maqsadida ham ishlar olib borildi. Xususan, 105 mingga yaqin shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra ularning 785 nafariga davolanish uchun order berildi.

Respublika ishchi guruhi tomonidan olib borilayotgan bu kabi ezgu ishlar bardavom bo‘lmoqda.

02.11.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar