2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabullar natijasida 50 ziyod mahkum ozod qilindi

Andijon viloyatida davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Prezident Administratsiyasi va Xalq qabulxonalari mas’ullari boshchiligida Andijon, Bo‘ston, Xo‘jaobod tumanlari hamda Andijon shahrida viloyat aholisi uchun cud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabullar tashkil etildi.

 

Tadbirda viloyat sud, prokuratura, ichki ishlar, soliq, adliya va bojxona boshqarma rahbarlari aholi murojjatini tinglab, mas’ullar tomonidan ularga yechim topish, qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi.

Misol uchun, viloyat sud vakillari tashkil etgan sayyor sud majlislarida 51 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan oldin shartli ozod qilindi, 18 nafar shaxsni aliment undirish yuzasidan qilgan murojaatlari ijobiy hal etildi, 4 nafar fuqaroni o‘ziga oid jinoyat ishi bo‘yicha taraf bilan yarashib olganligi sababli ish yuritishdan tugatishni so‘rash bo‘yicha murojaati ijobiy hal etildi.

Viloyat prokuraturasi vakillariga qabullar jarayonida jami 110 nafar fuqarolar turli mazmunda murojaat etib, ko‘tarilgan masalalarning 56 tasi joyida ijobiy hal qilindi, 53 nafar fuqaroning murojaati ijro uchun nazoratga olindi.

Misol uchun, Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan fuqaro N.Sattarovaning aliment pullarini undirishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati natijasida mas’ullar aralashuvi bilan 4, 8 mln so‘m qarzdorlik to‘liq undirildi. Yoki qo‘rg‘ontepalik D.Abduraxmonovaning o‘xshash masalada qilgan murojaati natijasida 30 mln so‘m qarzdorlik undiridi.

Ichki ishlar boshqarmasi vakillari tomonidan qabul jarayonida 117 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Jumladan, 26 ta surishtiruv va tergov masalalarida, 36 ta O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik pasporti va xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish, 5 ta mol-mulk, 34 ta jazoni ijro etish bilan bog‘liq murojaatlardir. Ularning 88 tasi joyida joyida ijobiy hal etildi, 29 tasi ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi.

Anijon viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan jami 43 ta fuqaro qabul qilindi. Shundan, 33 tasi joyida qanoatlantirildi. Misol uchun, fukaro S.Mamirjonova onasidan qolgan merosni rasmiylashtirish masalasida murojaat qilgan bo‘lsa, G.Axrolova ancha yildan buyon 2016 yilda Toshkent shaxrida tug‘ilgan qiz farzandiga tug‘ilganlik guvoxnomasi ololmayotganligi bo‘yicha murojaat qildi. Ularning masalasi o‘sha yerning o‘zida hal etib berildi.

Viloyat Soliq boshqarmasi vakillari jami 81 nafar fuqarolarning murojaatini qabul qilgan bo‘lib, ularning 59 tasi joyida hal qilindi. Qabulda fuqarolar soliq sohasidagi maslahat olish, imtiyozlaridan foydalanish, mol-mulk va yer soliqlari ko‘p hisoblanganligi, ortiqcha to‘langan mablag‘larni qaytarib berish, soliq xisobotlarini qabul qilish kabi masalalarda murojaat qildi.

Natijada, sayyor qabullar davomida jami 464 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 60% joyida ijobiy hal etildi, 25% esa muddat talab qilgani sababli ijro uchun nazoratga olindi.

20.10.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar