2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mutasaddilar va aholi yondashuvi: sayyor qabullar natijasi qanday bo‘lmoqda?

Jamiyatdagi turli masala va muammolarga ikki tomon – mutasaddilar va hudud aholisining birdek yondashuvi yaxshi samara bermoqda. Ya’ni har qanday masalani aytishga bir qadam tashlagan fuqaro tomon mas’ul mutasaddilar ham uning muammosini hal etish uchun o‘z qadamini qo‘ymoqda.

Xususan, Namangan misolida oladigan bo‘lsak, davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari mas’ullari boshchiligida Namangan shahri, Uchqo‘rg‘on, Kosonsoy va Chust tumanlarida viloyat aholisi uchun cud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabullar tashkil etildi.

Tadbirda viloyat sud, prokuratura, ichki ishlar, soliq, adliya va bojxona boshqarma rahbarlari tomonidan aholi masalalari tinglanib, ularga yechim topish, qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kelib tushgan murojaatlar natijasida 24 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan oldin shartli ozod qilingan, 16 nafar mahkumning jazoni o‘tashdan muddatidan oldin shartli ozod qilish to‘g‘risidagi hujjatlari tayyorlanib, tegishliligi bo‘yicha sudlarga taqdimnoma kiritilgan.

Sayyor sud qarori bilan 3 nafar shaxs ishga tiklanib, ish haqi undirish yuzasidan da’vo arizalari qanoatlantirilgan va 33 mln. so‘m undirilab, 100 mln. so‘m moddiy zarar to‘liq qoplab berilgan.    

Asossiz bo‘shatilgan o‘qituvchi...

Misol uchun, K.Ergashev Pop tumanidagi 37-sonli maktabda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. O‘qituvchi o‘z lavozimidan asossiz ravishda bo‘shatilganligini ma’lum qilgan. Murojaatchi shu kunning o‘zida eski ish joyiga qaytadan tiklandi. Bundan tashqari, 13 nafar shaxsning aliment undirish yuzasidan qilgan murojaatlari ijobiy hal etildi.

 Ichki ishlar vazirligi boshqarmasi mas’ullari tomonidan 2 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish yuzasidan qilgan murojaati qayta o‘rganib chiqishlik uchun Namangan viloyati Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga topshirilgan.

Shu bilan birga, fuqarolarga zarurat tufayli xorijga chiqish pasportlari muddatidan avval tayyorlab berilishi yoki yangi biometrik pasport, tug‘ilganlik haqida guvohnomalar olib berilishi ta’minlandi.

Ortiqcha to‘langan mablag‘...

Uychilik I.Haydarov Rossiya Federatsiyasida dunyoga kelgan farzandiga tug‘ilganlik guvohnomasini ololmayotganini ma’lum qilgan. Uning murojaati mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqilib, shu kunning o‘zida guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

Soliq qo‘mitasi vakillariga “Maftuna Ziyonatxon” MCHJ hisobchisi D.Vahobova korxona qo‘shilgan qiymat solig‘idan to‘langan ortiqcha 200 million so‘m to‘lovni qaytarish bo‘yicha murojaat qilgan. Fuqaroning murojaati joyida hal etilib, ortiqcha to‘langan mablag‘lar qaytarilishi ta’minlandi.

Aholi murojaatlar asosida esa joylarda 3 kilometr ichki ko‘chaga shag‘al yotqizildi va yangi transformator o‘rnatildi. Uch kun davom etgan qabullarda jami 505 nafar fuqaroning 509 ta masalasi ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning 208 tasi, ya’ni 40 foizi joyida hal etilgan bo‘lsa, 97 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat berildi, 204 ta murojaatni qo‘shimcha o‘rganish uchun vaqt talab etilganligi sababli ko‘rib chiqilishi nazoratga olingan.

17.10.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar