
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida chekka hududlar ham o‘z qiyofasini yangilamoqda. Yaqin ikki-uch oy ichida Sayxunobod tumanida beshta mahalla shahar tusiga kirdi. Buni birgina olis Yangi hayot mahallasida qilingan ishlar misolida ham ko‘rish mumkin.
Mahallada “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlari doirasida katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Xususan, 2 kilometr piyodalar yo‘lagi qurildi. Mavjud 634 ta xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Shuningdek, 5 ta transformator ta’mirlanib, 56 ta simyog‘och yangi temir-beton ustunlarga almashtirildi. 1,8 km masofaga elektr tarmog‘i tortildi.
Ko‘chalarga o‘rnatilgan chiroqlar tufayli bugun Yangi hayotning oqshomlari go‘zal va tarovatli. Ariqlar tozalanib, daraxtlar oqlandi. Xonadonlar tartibga keltirildi. Tomorqalarga ishlov berilib, to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekildi.
Ozod va obod, tinch-totuv yurtga bayramlar yarashadi, deganlaridek, bugun Yangi hayot mahallasida tantanali tadbir tashkil etildi. Unda viloyat va tuman sektorlari rahbarlari, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Dasturxon yozilib, osh tortildi. Xayrli ishlarda faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan ko‘chaboshilar hamda xonadon sohiblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Tantanalar mahalla markazida yangidan bunyod etilgan yozgi amfiteatrda katta konsert dasturi bilan davom etdi. Poytaxtdan kelgan taniqli san’atkorlarning chiqishlari barchaga zavq bag‘ishladi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |