2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Dolzarb muammolar mavsum oldidan hal etilayotgani aholini mamnun qilmoqda

Jamiyatda insonni nima eng ko‘p mamnun qiladi?! Oilaviy xotirjamlik va farovon hududda umrguzaronlik! Aytish joizki, yurtimizning eng chekka hududlarida joylashgan aholi manzillarida tabiiy gaz, elektr energiyasi, toza ichimlik suvi ta’minoti kabi masalalarda uzoq yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolar mavjud edi.

Bugun esa aholi turmush sharoiti sifatini oshirish maqsadida joylarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida mamlakatimizdagi 56 mahallada ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Respublika ishchi guruhi vakillarining uyma-uy yurib, o‘rganishlari natijasida aniqlangan va hozirgi kunda aholi uchun dolzarb bo‘lib turgan muammolar hal etilmoqda.

Jumladan, Jizzax viloyati yo‘l-kommunikatsiya tarmoqlari infratuzilmasi holatini yaxshilash maqsadida ichki yo‘llarga qilinayotgan asfalt va sement-beton qoplamalari hamda ko‘priklar ta’miri hudud aholisini mamnun qildi.

Qish mavsumi oldidan esa 1 865 ta aholi xonadonidagi gaz anjomlariga texnik xizmatlar ko‘rsatilib, ehtiyoj asosida qo‘shimcha suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Hududdagi gaz quvurlari tartibga keltirilib, 9 dona gaz taqsimlash qurilmasi texnik taftishdan o‘tkazildi. Eskirgan yog‘och ustunlar o‘rniga temir-beton tayanchlari o‘rnatilib, transformator yangilandi. Bu esa elektr ta’minotidagi noqulayliklarni bartaraf etadi.

Shuningdek, Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanidagi suv nasos uskunalari ta’mirlanib, soz holatga keltirildi. 2,3 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari tortildi.

Yog‘ingarchilik mavsumida aholi uylarida eng ko‘p muammo tom qismlari nosozligidan kelib chiqishi kuzatilgan. Bunday muammolar yuzaga kelmasligi uchun esa, albatta, mavsum oldi harakat qilish muhim. Paxtakor, Zomin tumanlari, Jizzax shahrida ko‘p qavatli uylarning tom qismlarini mukammal ta’mirlash, yerto‘la qismidagi muhandislik- kommunikatsiyalarini tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.

Aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish oson kechmaydi. Buning uchun layoqatli fuqarolarni ham faoliyatda qo‘llab, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish, rejali harakatga undash lozim. Shu ma’noda tijorat banklari tomonidan mazkur hududdagi 1 328 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlariga 38 milliard so‘m miqdorida kreditlar ajratildi.

Albatta, har bir hududning ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalari bor. Ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati tomonidan viloyatning Paxtakor, Baxmal, Zafarobod va Sharof Rashidov tumanlaridan 43 ta kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam va bolalar nafaqasi tayinlandi.

“Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan esa viloyatning Zomin, Sharof Rashidov va Zarbdor tumanlaridan 21 nafar fuqaroga  subsidiya mablag‘lari evaziga faoliyat boshlash uchun tikuv mashinalari, avtomobillarga xizmat ko‘rsatishga zarur bo‘ladigan karcher uskunasi, grafik dizaynerlik uchun Notebook hamda dehqonchilik faoliyati uchun motokultivatorlar topshirildi. Bu Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirildi.

Respublika ishchi guruhining ezgu maqsadli faoliyati joylarda davom etmoqda.

11.10.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar