2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Samarqandda obod mahallalar ko‘paymoqda

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan respublikamizning barcha viloyatlarida “Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamdagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ana shunday manzillardan biri Samarqand viloyatidir. Dasturga viloyatning 4 ta mahallasi – Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Cho‘yanchi”, Oqdaryodagi “Yangiqo‘rg‘on”, Pastdarg‘omdagi “Olti qahramon” va Ishtixondagi “Chag‘atoy” mahallalari kiritilgan.

Bugungi kunda tanlab olingan mahallalarda 18 679 nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda. Ushbu manzillarda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha “xonadonbay” xatlov o‘tkazilib, hududlar kesimida “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi va ishlar boshlab yuborildi.

Prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida tanlab olingan hududlarda jami 44 ta ko‘cha obodonlashtirildi.

Xususan, elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 362 dona eski simyog‘ochlar yangi temir-beton ustunlarga almashtirildi, 19 ta TP punktlari kapital tamirlandi va 5 ta yangi TP o‘rnatildi, 1,6 km uzunlikdagi SIP kabellar tortildi.

Mahallalardagi ichki yo‘llarning jami 8,2 km qismiga asfalt yotqizildi va 39,9 km uzunlikdagi qismi shag‘allashtirildi. Hududlardan o‘tuvchi jami 4,7 km uzunlikdagi ariq va zovurlar tozalandi.

Gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida jami 45 ta GTP kapital ta’mirlandi va 27,0 km gaz quvurlari joriy ta’mirlandi. Shuningdek, 9 ta isitish qozonlari qayta rekonstruksiya qilindi.

Hududidagi ijtimoiy soha ob’yektlariga jami 65,3 tonna va aholi xonadonlariga 4,0 tonna ko‘mir mahsulotlari yetkazib berildi.

Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 3,7 km uzunlikdagi suv quvurlari tortildi, shu jumladan 4 dona suv inshooti o‘rnatildi.

Mahallalardagi mavjud 13 ta qabriston to‘liq tozalandi, mavjud daraxtlarga shakl berilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Mahalla binosi va ijtimoiy ob’yektlardagi kamchiliklarni bartaraf etish yo‘nalishida mahalla beshligi uchun yangi xizmat binosini qurish ishlari boshlandi. Hududlardagi 2 ta umumta’lim maktabida kapital ta’mirlash ishlari yakunlandi.

Aholi sog‘lig‘ini yaxshilash maqsadida 9 mingga yaqin fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi shuningek, 560 ta fuqaroga bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlandi. Jami 65 nafar fuqaro viloyat va tuman sog‘liqni saqlash muassasalarida sog‘lig‘i tiklandi.

Ishlar davom etmoqda.

09.10.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar