2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sorg‘unliklarning orzulari ushalmoqda

O‘tgan yil boshidan “Obod qishloq” davlat dasturi asosida yangilanish va qayta ta’mirlash ishlari boshlangan Buxoro viloyati Kogon tumani “Sorg‘un” mahalla fuqarolar yig‘inidagi xayrli tashabbus va sa’y-harakat bu yil tizimli ravishda ishlab chiqilgan “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi doirasida jadallashtirilmoqda.

O‘tgan yili “Obod qishloq” dasturiga muvofiq “Sorg‘un” va “Xo‘ja Yakshaba” mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli obodonlashtirish va qayta qurish ishlari uchun qariyb 33 milliard so‘m mablag‘ hisobiga yo‘l-transport, muhandislik–kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy soha inshootlari, boshqa bozor infratuzilma ob’ektlarini barpo etish va mukammal ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetkazilgan.

– Ma’muriy jihatdan Katta Org‘un, Oynasoz, Oq oltin, Parakti, Sorg‘un, Surxiyon, Sug‘diyona, Asalxo‘ja kabi 8 ta qishloqdan tarkib topgan mahallamizda bugunga kelib 714 ta xonadon, 819 ta oila va ularda istiqomat qilayotgan aholi soni 3570 nafarga yetgan, – deydi “Sorg‘un” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Baxtiyor Bekmurodov. –Hududda 500 dan oshiq pensioner, nafaqaxo‘r bo‘lsa, aholining mehnatga layoqatli qatlami 1870 nafardan ziyod. Shulardan hozirda muqim ish o‘rniga ega bo‘lgani 1757 nafarni tashkil etmoqda. Ishsiz esa rasman 63 nafar bo‘lib, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqaro soni 54 nafar, yana ijtimoiy muhofazaga olingan nochor oila soni o‘nga yaqin. Qolaversa, bizda boquvchisini yo‘qotgan va yakka-yolg‘iz, qiyin sharoitda yashayotgan o‘ndan ortiq oilaga mehr-muruvvat ko‘rsatilmoqda. Alohida toifalanganlarga kelsak, 1 ta oila “Temir daftar”ga kiritilgani holda 23 nafar yigit-qiz “Yoshlar daftari”dan, 102 nafar fuqaro esa “Ayollar daftari”dan o‘rin olgan.

Hududdagi obodonlashtirish va yangilanishni avvalo hudud muhandislik-kommunikatsiya tarmog‘ining takomillashtirilayotgani, bundagi ijtimoiy inshootlar qiyofasi zamonaviy ko‘rinishidan yaqqol bilish mumkin. Jumladan, o‘z bag‘riga jami 560 nafar o‘g‘il-qizni olgan 7- va 23-sonli umumta’lim maktablari keyingi yillarda butunlay yangidan ta’mirlangan, qo‘shimcha qurilishlar bajarilgan.

Investitsiya dasturi asosida roppa-rosa bir yil oldin pudratchi korxona “Galaosiyo Soxtimon” MCHJ tomonidan bunyod qilingan 240 o‘rinli zamonaviy ta’lim dargohi binosi va standart talabiga ko‘ra 12x18 metr o‘lchamdagi sport zali qurilishiga qariyb 4 milliard mablag‘ sarflangan. Maktabda issiqlik tarmog‘i bilan birga barcha sinf xonalari, fan kabinetlari, o‘qituvchilar xonasi risoladagidek hozirlangan. Bir yil oldin hududda tibbiyot maskani bo‘lmagan, bugun esa sorg‘unliklar kuniga 60 qatnovga mo‘ljallangan oilaviy shifoxona punktiga ega bo‘ldi.

Mahallada foydalanishga topshirilganiga 3 yil to‘layotgan 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hozir 125 nafar jajji bolani o‘z bag‘riga olgan. Bu shinam muassasa pudratchi “Shavkat Mo‘min” MCHJ jamoasi tomonidan umumiy qiymati 2 milliard 951 million so‘m mablag‘ evaziga barpo qilindi.

E’tiborlisi, unda ishlashga qabul qilingan 31 nafar mutaxassis va ishchi-xodim mahalliy aholi orasidan uyda o‘tirib qolgan ishsizlar, ijtimoiy muhofazaga muhtoj xotin-qizlar orasidan tanlangan.

Hudud infratuzilmasida ro‘y berayotgan o‘zgarish va yangiliklar ham oz emas. Chunonchi, shu yilning o‘tgan oylarida Sorg‘un mahallasidan o‘tuvchi “4K-182” Kogon-Katta Org‘un-Yanglov-Qiziltepa yo‘lining 3 kilometr qismi tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan asfaltlashtirilgan bo‘lsa, tashkilot tomonidan yo‘l chekka qismlarida aholi qatnovi uchun 2 kilometr masofada piyodalar yo‘lakchasi barpo etilgan. Bu loyihaga davlat byudjeti hisobidan 2 milliard so‘mga yaqin mablag‘ sarflangan.

Shuningdek, Oynasoz, Sorg‘un, Parakti, Surxiyon qishloqlari bo‘ylab o‘tgan ichki yo‘llardan qish yog‘ingarchiliklarida o‘tib bo‘lmas darajaga yetgan 1450 metr qismi shag‘allashtirilgan bo‘lib, shundan 1240 metr qismiga asfalt bostirilgan. Yana qishda loy, yoz jaziramasida changi osmonga o‘rlaydigan ko‘chalarning 2500 metr qismi esa betonlashtirilgani shu yerlik aholini xursand qildi.

– Boshqa hududda bo‘lgani kabi sorg‘unliklar ham elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlardan chetda qolmagan, – deydi tuman elektr tarmoqlari idorasi mutaxassisi Elmurod Hamroyev. – Hududda 5,7 kilometr masofadagi elektr liniyasi butunlay yangilandi. Yangi rusumdagi “SIB” kabeli tortildi. Eskirgan simyog‘ochlar o‘rniga 130 ta temir-beton ustun o‘rnatildi. Katta Org‘un qishlog‘ida 100 kilovatt soat quvvatga ega transformator o‘rniga yangi 250 kilovatt soat quvvatga ega elektr transformator o‘rnatilgan. Mavjud transformatorlarning 3 tasi ta’mirdan chiqarilgan. 

Sorg‘un tabiiy gaz yetib bormaydigan hududlardan biri. Shuning uchun bunda ham aholi kundalik ehtiyoji uchun “Kogongaz” ta’minot bo‘limi tomonidan hududdagi iste’molchilar, 734 ta xonadonga suyultirilgan gaz yonilg‘isi maishiy ballonlarda uzluksiz yetkazib berilmoqda. So‘nggi oylarda tumanda o‘tayotgan mutasaddilar, sektor rahbarlari sayyor qabullarida suyultirilgan gaz balloni yetishmovchiligi bo‘lgan o‘ttizga yaqin xonadonga maishiy ballon yetkazilgan.

Mahalla aholisini tashvishga solayotgan muammolardan biri bu toza ichimlik suvi ta’minotidir. O‘tgan yili yoz oylarida birgina Surxiyon qishlog‘ida 11 ming metrdan ortiq uzunlikda vodoprovod tarmog‘i o‘rnatilgani tufayli 125 ta xonadon iste’molga yaroqli toza ichimlik suvidan bahramand bo‘lmoqda. Shundan so‘ng hududga yaqin “Kurjan” suv uzatish inshooti bultur “Obod qishloq” dasturiga muvofiq qayta rekonstruksiya qilindi. Bu loyiha va qishloqdagi tarmoq qurilishi uchun 600 million so‘mdan oshiq sarmoya o‘zlashtirilgan. Endilikda boshqa qishloqlarni ham vodoprovodlashtirish chora-tadbirlari ko‘rilayotir.

Umuman, obodlik va yangilanishlarni nafaqat hudud qiyofasida, balki har bir oilada turmush tarzi yaxshilanayotgani misolida ham ko‘rish mumkin.

Shu nuqtai nazardan, ayni kunda ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlami bilan ishlash, ular tashvish va muammolarini yechishga e’tibor kuchaytirilgan.

Tuman hokimininng “Sorg‘un” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yordamchisi Islom Istamovning aytishicha, joriy yilda “Har bir oila–tadbirkor” dasturi asosida ehtiyojmand fuqarolar, yosh tashabbuskorlarga “Xalq banki” qo‘llab-quvvatlovida uch yil muddatga, past foizda qaytarish sharti bilan har biri 33 million so‘mgacha miqdorda rasmiylashtirilayotgan sarmoyalar o‘nlab oilalarni sog‘lomlashtirish, iqtisodiy oyoqqa qo‘yish, ularga ishlab daromad orttirish imkonini bermoqda.

21.09.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar