2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Guliston haqiqiy gulistonga aylanmoqda

Andijon viloyatidagi tanlab olingan to‘rtta – Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Qizilto‘qay, Jalaquduq tumanidagi Qutlug‘, Bo‘ston tumanidagi Mehnatobod, Izboskan tumanidagi Guliston mahallalarida “Obod mahalla – obod xonadon – obod ko‘cha" dasturi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu dastur asosida viloyat hokimligi, respublika ishchi guruhi, umuman, barcha mutasaddi va mas’ul tashkilotlar vakillari tomonidan mahallalarda olib boriladigan qurilish, obodonlashtirish hamda targ‘ibot ishlari yuzasidan rejalar ishlab chiqilib, amaliy ishlar olib borilmoqda.  

Jumladan, ana shu ishlar natijasida Izboskan tumanidagi Guliston mahallasi haqiqiy gulistonga aylanmoqda. Ayni kunda mazkur mahalladagi 756  xonadon, 1 ming 273 oila tarkibida 3 ming 900 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ularning 2 ming 300 nafardan ortig‘i xotin-qizlardir. Mahalladagi har bir ko‘cha, xonadonda obodonlashtirish, shuningdek, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Bundan kattayu kichik behad xursand.  

Tuman tibbiyot birlashmasi shifokor va hamshiralari, ko‘cha boshilar, mahallaning "Oqila ayollar" harakati faollari mahalladagi har bir xonadonga kirmoqda, ular bilan suhbatlar o‘tkazmoqda, salomatliklarini tekshirmoqda. Bundan tashqari, aholi vakillari ishtirokida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, xonadonlar pokizaligi va ozodaligini saqlash, fuqarolarning tibbiy va huquqiy savodxonligi yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari ham o‘tkazilmoqda.  

Mahalladagi ijtimoiy soha ob’ektlarini ta’mirlash, obodonlashtirish bo‘yicha ham ishlar belgilangan. Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hududdagi 30-umumta’lim maktabida bo‘lib, ushbu maktabni rekonstruksiya qilish, faollar zalini ta’mirlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi. Maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan bo‘lgan suhbatda o‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan 11-sinf o‘quvchilari Shohista Kozimjonova va Farzona Shuhratovaga universal tikuv mashinalari topshirdi. Endi ular darsdan keyin o‘z xonadonida tikuvchilik bilan shug‘ullanish, daromad topish imkoniga ega bo‘ldi.  

Umuman, mahallada dastur doirasida amalga oshirishi belgilangan keng ko‘lamli ishlar qizg‘in davom etmoqda.  

17.09.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar