
Mahalla aholisini jinoyatchilik haqida xabardor qilish, huquqiy tarbiyani yo‘lga qo‘yishning samarali mexanizmlarini yaratish bo‘yicha Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Jizzax viloyatida bo‘ldi.
Ishchi guruh a’zolari Jizzax shahri hamda Jizzax viloyatining barcha tumanlaridagi jinoyatchilik soni oshgan mahallalarda fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi. Muloqotlarda tuman hokimi, mahalla raislari, hokim yordamchisi, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar, yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektorlari hamda yoshlar qatnashdi.
Ishchi guruh a’zolari “qizil” hududga kirgan har bir mahalladagi fuqarolar bilan jinoyatchilikning oldini olish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida suhbatlashib, aholining takliflarini ham eshitdi.
Mahallalarda o‘tgan muloqotlarda faol bo‘lmagan yoshlar qatorida o‘z kasbining ustasi, yurtimiz va dunyo miqyosida chempion bo‘lgan sportchilar borligi ma’lum bo‘ldi. Biror foydali kasb bilan band bo‘lmagan yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, sportchilarga biriktirish, sport to‘garaklariga jalb etish masalalari ham belgilab olindi.
Ishchi guruhning hududlardagi muloqotlarida jinoyatchilikka olib boradigan hech bir masala va jinoyat sodir etishi mumkin bo‘lgan har bir shaxs e’tibordan chetda qolmadi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |