2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Chekka qishloqning zamonaviy qiyofasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumani “Kerder” ovul fuqarolar yig‘inida ham “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” dasturlari asosida hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur ovul fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi A.Orinbayev ishtirok etib, yig‘ilganlarni eng ulug‘, eng aziz bayram bilan qutladi va ovul fuqarolar yig‘ini aholisining turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.  

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda ovul fuqarolar yig‘iniga olib keluvchi 1,4 kilometr yo‘lga asfalt yotqizildi, 35 ko‘chaga 20 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortilishi boshlandi, homiylik hisobidan 1 ta xonadonga artezian quduq qazib berildi. Hududga 1 ta yangi transformator o‘rnatildi, 80 ta yaroqsiz tayanch olib tashlandi, 179 dona gaz ballon tarqatildi. Ovuldagi 9-sonli bolalar bog‘chasi 4,5 milliard so‘m evaziga kapital ta’mirlanmoqda, madaniyat markazi binosi qurildi. Kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan 13 ta xonadonni ta’mirlash ishlari yakunlandi. Shuningdek, 108 ta xonadon oqlandi, 45 ta xonadonning tomorqasi tartibga keltirildi, 11 ta xonadonning tom qismi ta’mirlandi. Oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish hamda bandligini ta’minlash maqsadida 15 nafar fuqaroga tikuvchilik, xizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishlarda 143 million so‘mlik subsidiya, 24 nafari kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi, 35 nafari haq to‘lanadigan jamoatchilik ishlariga jalb qilindi. 22 nafar xotin-qiz tikuvchilik o‘quv kursida o‘qitilmoqda. 8 nafar fuqaroga 180 million so‘mlik kredit ajratib berildi.  

Tadbir davomida “Obod mahalla” tanlovi g‘oliblari taqdirlanib, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bir guruh yoshlar subsidiya asosida mehnat qurollari topshirildi. Bayram tadbiri san’at ustalarining konsert dasturi bilan davom etdi.

30.08.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar