2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Adliya vaziri urgutlik tadbirkorlar va yoshlar bilan muloqot qildi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Samarqand viloyatida bo‘lib, Urgutda erkin iqtisodiy zonada faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.

Mazkur hududda “Urgut mikro metal”, “Sam elektro servis”, “Ideal electrolux” va “Yec gilam” va boshqa korxonalar faoliyat yuritmoqda. Ular maishiy texnika vositalari, yengil sanoat va charm -poyabzal mahsulotlari, gilamlar, turli gigiyena vositalari va boshqa turdagi tovarlar ishlab chiqarmoqda.

Ma’lumot uchun: ushbu yirik iqtisodiy zona joylashgan hudud bir paytlar katta dasht bo‘lgan. Bugun esa bu yer ishlab chiqarish shaharchasiga aylandi. Mazkur zonada qiymati 887,7 million AQSH dollarilik 148 loyiha amalga oshirilmoqda. Bu yerdagi sanoat korxonalarida  5 ming nafardan ortiq kishi ish bilan band.  

Korxona mas’ullari, tadbirkorlar A.Toshqulov bilan ochiq muloqotda mahsulotlarni ichki bozorga olib chiqish, eksportga yo‘naltirishda  soliq, bojxona sohasi bilan bog‘liq muammolar borligini ma’lum qildi. Shu yo‘nalishda qonunchilikka qo‘shimchalar kiritish taklifi  bildirildi.  

Yoshlar bilan uchrashuvda aksariyat yoshlar vazir bilan ingliz tilida ham muloqot qildi. Ulardan biri Abbos Normurodov esa IT - sohasiga qiziqishi, lekin ta’lim olishga qiynalayotganini ma’lum qildi. A.Toshqulov unga adliya ko‘magida o‘zi qiziqqan sohasining chinakam ustasi bo‘lish uchun yordam berilishini bildirdi.  

“Do‘stlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Amir Ravshanovning qo‘lida yaxshi hunari bor. Agar unga ko‘maklashilsa, u ko‘pning og‘irini yengil qilib, evaziga yaxshi daromad topishi ham mumkin. Shu bois unga metall buyumlarni payvandlovchi apparat topshirildi.  

Adliya vaziri yoshlar bilan muloqotda yaqinda mahalla fuqarolar yig‘inlari binolarida ham davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgani, bu sohada o‘qib, tajriba orttirgan yoshlar shu xizmatni mahalla fuqarolariga ko‘rsatish barobarida, tadbirkor sifatida o‘z biznesini boshlashi mumkinligi haqida ma’lum qildi.    

Vazir tuman adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazida fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘lami, yo‘lga qo‘yilgan imkoniyatlar bilan ham yaqindan tanishdi. Sohani yanada rivojlantirish, bunda xizmatlardan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun qulayliklar yaratish borasida tizim xodimlari bilan suhbatlashib, ularning takliflari o‘rganildi.  

25.08.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar