2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Kadastr sohasidagi murojaatlar yechim topmoqda

Fuqarolar ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr hujjatlarini vaqtida rasmiylashtirishga jiddiy e’tibor qaratmaganligi sababli ko‘plab muammolarga duch keladi.

Hududlarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar chog‘ida mazkur yo‘nalishdagi murojaatlarning aksariyati ijobiy yechim topayotgani e’tiborlidir. Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Inamov va hududiy boshqarma boshliqlari ishtirokida Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida tashkil qilgan sayyor qabulida fuqarolarning sohaga oid murojaatlari tinglandi. Unda Beshariq, O‘zbekiston va Furqat tumanlaridagi jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari eshitilib, mutasaddilar tomonidan tegishli yechimlar va huquqiy tushunchalar berildi.  

Davlat xizmatlari orqali sohada xizmat ko‘rsatish sifati keskin yaxshilanganini qayd etildi. Beshariq tumani “Beshariq” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Kenjaboy ota Qo‘ziyev kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish masalasida muammoga duch kelayotganini bayon qildi. Murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Sayyor qabul davomida 22  murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shu yerning o‘zida aksariyati hal etildi. Ba’zi murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.  

22.08.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar