2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq qabulxonasi: murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etildi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan keyingi yillarda mamlakatimizda xalq bilan muloqot, joylardagi muammolarni o‘rganish va ijobiy hal etish bo‘yicha o‘ziga xos tizim yaratildi.

Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonasi faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligi juda ko‘p muammolarni hal etishga, odamlarning davlatdan roziligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Bu borada joylardagi Xalq qabulxonalari faoliyatini alohida e’tirof etish o‘rinli. Xususan, Izboskan tumani Xalq qabulxonasi tomonidan ham aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish, hal etish, ularning ariza, shikoyat va murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarga ijobiy yechim topish borasida e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda.  

– Joriy yilning o‘tgan davrida tuman Xalq qabulxonasi tomonidan 850 dan ziyod murojaatlar ko‘rib chiqildi, – deydi Izboskan tumani Xalq qabulxonasi rahbari Oybek Meliboyev. – Murojaatlarning 820 tasi qanoatlantirildi. Umuman, murojaatlar asosidagi masalalarni to‘liq, o‘z vaqtida va qonuniy o‘rganish natijasida muammolarni ijobiy hal etish darajasi yil sayin ortmoqda.  

Xususan, ushbu ko‘rsatkich 2021 yilda 55,6 foiz, 2022 yilda 59,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davrida 80,1 foizga yetkazildi.  

Darhaqiqat, hal etilgan har bir murojaat ortida nafaqat bir inson, balki ko‘plab insonlar, oilalar taqdiridagi, hayotidagi o‘zgarishlar mujassam.  

Xalq qabulxonasiga tumandagi “O‘rta qishloq” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Husanboy Orifjonov murojaat qilib, Tentaksoy daryosi ustidagi Izboskan va Paxtaobod tumanlarini bog‘lab turuvchi, bir necha o‘n yillar avval qurilgan ko‘prik sel oqibatida buzilib ketganligi, uzoq yillar davomida turli darajadagi rahbarlarga murojaat qilinganligiga qaramay qayta qurilmayotganligini aytib, mazkur ko‘prikni yangitdan qurish masalasida yordam ko‘rsatilishini so‘radi.  

Ushbu murojaat Izboskan tumani Xalq qabulxonasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilib, muammoni hal etish bo‘yicha viloyat hokimligiga, vakolatli tashkilotlarga xatlar yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.  

Viloyat hokimi tashabbusi bilan tegishli idoralar tomonidan ushbu masala ijobiy hal etildi. Ya’ni Tentaksoy daryosi ustiga uzunligi 73 metr, eni 10 metr bo‘lgan, qiymati 6 milliard 734 million so‘mga teng ko‘prik barpo etilib, foydalanishga topshirildi.  

Shuningdek, Cho‘rtonliq mahallasi, Ittifoq ko‘chasida yashovchi Tursunboy Qo‘chqorov o‘n yil davomida mahalla yoshlari uchun maktab qurib berish haqidagi turli idoralarga qilgan murojaati ijobiy hal etilmayotganligini aytib,  tuman Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan. Xalq qabulxonasi ko‘magi bilan mahallada umumiy qiymati 3 milliard 700 million so‘mga teng 210 o‘rinli yangi maktab binosi qad rostladi.  

– Mahalladagi bo‘sh turgan joyda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish maskani tashkil etib, tadbirkorlik faoliyatini yuritar edim, – deydi tumandagi Shinam mahallasida yashovchi Hasanboy Jo‘rayev. – Faoliyatimizni kengaytirish, yangi uskunalar sotib olish uchun bankdan kredit olishda turli to‘siqlarga duch keldik, kredit ololmadik. Shundan so‘ng ushbu masalada yordam so‘rab, tuman Xalq qabulxonasiga murojaat qildik. Shukrki, qabulxona mutaxassislari ko‘magida menga kredit ajratildi.  

Xalq qabulxonasi tomonidan tadbirkorning ushbu murojaati tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, unga bankdan 354 million so‘m miqdorida kredit ajratilishiga amaliy yordam ko‘rsatildi. Natijada tadbirkor 11 yangi ish o‘rni yaratdi, xizmat ko‘rsatish sifati esa tubdan yaxshilandi.  

Tuman Xalq qabulxonasi faoliyati bilan bog‘liq yuqoridagi kabi misollarni juda ko‘p keltirish mumkin. Bundan tashqari, Xalq qabulxonasi xodimlari tomonidan sayyor qabullar o‘tkazish, uyma-uy yurish orqali ham odamlarni qiynayotgan ko‘plab muammolar o‘z yechimini topdi.  

Masalan, Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan tumanning chekka hududlaridan biri hisoblangan Taraqqiyot mahallasida turli tashkilotlar, banklar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda mahalla aholisini qariyb 50 yildan buyon qiynab kelayotgan toza ichimlik suvi muammosi hal etildi. Mahallaga toza ichimlik suvi keltirildi.  

Bir so‘z bilan aytganda, Xalq qabulxonasi instituti xalq bilan muloqotning o‘ziga xos, noyob tizimi sifatida jamiyatdagi muammolarni bartaraf etishga, odamlarning o‘z hayotidan rozi bo‘lib yashashini ta’minlashga  yaqindan yordam bermoqda.  

Xalq qabulxonalariga qilingan murojaatlar tahlilidan kelib chiqib aytish mumkinki, murojaatlar ortidan aholini qiynayotgan muammolarning aksariyati ijobiy hal etildi.  Natijada qator masalalar bo‘yicha murojaatlar deyarli barham topdi, o‘nlab masalalar bo‘yicha murojaatlar soni keskin kamaydi.  

20.08.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar