2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Tabiiy gaz yetkazish choralari ko‘rilmoqda

Shu kunlarda barcha xizmat ko‘rsatish sohalarida kuz-qish mavsumiga jiddiy hozirlik ko‘rilmoqda.

Xalqimizda “Qish g‘amini yozda ye”, degan naql bejizga aytilmagan. Darhaqiqat, qaysi sohada bo‘lmasin, o‘z vaqtida ko‘rilgan tayyorgarlik turli ko‘ngilsiz holatlarning kelib chiqishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, gaz xo‘jaligini kuzgi-qishki mavsumga tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Xususan, bunda gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan, qishning qahraton kunlarida gaz bosimi tushib ketadigan hududlarga alohida e’tibor qaratiladi. Bu borada “Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali va uning tumangaz idoralari tomonidan belgilangan reja asosida ish olib borilmoqda.  

Hech kimga sir emas, joriy yil yanvar oyidagi anomal sovuq barcha tizimlardagi kamchilik va muammolarni ko‘rsatib qo‘ydi. Ayni paytda 2023-2024 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik davrida tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan og‘ir hududlarda rekonstruksiya qilish va montaj ishlari boshlab yuborilgan. Jumladan, Karmana tumanidagi Kalovat va Bog‘ishamol ko‘chalarida gaz quvurlari diametri 89 millimetr bo‘lgan gaz quvurlariga almashtirilgan bo‘lsa, tumanning “Varq” hamda “Talqoq” mahallarida ham kuz-qish davrida gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida qator ishlar bajarildi.  

– Karmana tumanida kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik ishlari davomida tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan hududlarga alohida e’tibor qaratilgan, – deydi “Karmanatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimi Sherpo‘lat Avezov. – Jumladan, “Talqoq” mahallasida iste’molchilarga bir maromda tabiiy gaz yetkazib berish maqsadida yer osti gaz quvurlari yer ustiga chiqarildi. Bu bilan mahalladagi 5180 iste’molchi xonadonlariga 2023-2024 kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bir maromda borishi ta’minlanadi.  

– Mahallamizda 5 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi, – deydi “Talqoq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ziyodulla Ro‘ziyev. – O‘tgan yili qish og‘ir kelgani sabab gaz bosimi pasayib, qiynalgandik. Bu yil tumangaz idorasi xodimlari tomonidan tabiiy gazni uzluksiz va bir me’yorda yetkazish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilyapti. Bundan xursandmiz, albatta.  

Aytish kerakki, Xatirchi tumanidagi “G‘alabek”, “Dehqonobod” va A.Navoiy, Nurota tumanidagi “Nur faxr”, Qiziltepa tumanidagi “Bashir”, “Arabxona” va “O‘rtaqo‘rg‘on”, Navbahor tumanining “Guliston” mahallarida ham o‘tgan qish mavsumida tabiiy gazni uzluksiz yetkazilishida muammolar kuzatilgan edi. Joriy yildagi tayyorgarlikda ushbu mahallalarda ham gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish, montaj va demontaj tadbirlari ketma-ketlikda olib borilmoqda. Asosiy maqsad bu yilgi kuz-qish mavsumida aholi xonadonlariga bir maromda tabiiy gaz kirib borishini ta’minlashga qaratilgan.  

Navbahor tumanidagi “Arabxona” mahallasi tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan hududlardan sanaladi. Bugungi kunda 568 iste’molchiga ega bo‘lgan mahallaning Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida rekonstruksiya ishlari qizg‘in davom etmoqda.  

– Tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash maqsadidagi tadbirlarimizga 2 ta payvandlash brigadasi jalb etilgan, – deydi “Navbahortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi ustasi Olim Po‘latov. – “Arabxona” mahallasida diametri 89 millimetr bo‘lgan gaz quvurlari tortilmoqda. Natijada 320 xonadonda gaz ta’minoti yanada yaxshilanishiga erishiladi. Rekonstruksiya ishlarini avgust oyining oxirigacha yakunlashni rejalashtirganmiz.  

Viloyatda filial va tumangaz idoralari xodimlari tomonidan mavsumni betalofat o‘tkazish maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan ishlar olib borilmoqda.  

09.08.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar