Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Migrantlarga daromadli ish taklif qilinmoqda

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Nurafshon shahrida xorijda yashab, mehnat qilayotgan migrantlar bilan onlayn muloqot o‘tkazmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarni yurtga qaytarish va ularni munosib daromad bilan ta’minlash.

Muloqotda shahar, tumanlar hokimlari, korxona, tashkilot va boshqarma boshliqlari, onlayn tarzda xorij davlatlaridagi elchixonalar vakillari va migrantlar ishtirok etmoqda. Mazkur tashabbus Prezidentimizning joriy yil 2 avgust kuni Toshkent viloyatiga tashrifi davomida tashkil etilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.  

Zoyir Mirzayev migrantlarga murojaat etib, hududda mavjud ish o‘rinlari, qanday imkoniyatlar yaratilishi haqida axborot berdi. Hozir chet elda 140 ming nafarga yaqin Toshkent viloyati fuqarolari, jumladan, 75 ming nafardan ziyodi erkaklar, 63 ming nafari ayollar va 30 yoshgacha bo‘lgan 20 mingdan ortiq yoshlar ishlamoqda. Hozir barcha hududlarda bu jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ular chet eldagi aholi bilan aloqaga chiqib, ularning mavjud muammolarini o‘rganmoqda.  

Hozirda viloyat bo‘yicha 7 mingdan ortiq sanoat korxonalari, 38 mingdan ziyod kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardagi mavjud vakant ish o‘rinlari soni 302 mingdan ziyod. Muloqotda shahar va tumanlar hokimlari migrantlarga mehnat bozoridagi talab va imkoniyatlar haqida axborot berdi. O‘z navbatida xorijda ishlayotgan viloyat aholisi ham o‘z taklif va muammolarini aytib o‘tmoqda. Muloqot davom etmoqda.  

08.08.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar