2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mahalliy Kengashlarda dolzarb masalalar muhokama qilindi

2018 yilning 19-20 dekabr kunlari Toshkent viloyati Oxangaron shahri, Oxangaron va Qibray tumanlarida, Navoiy viloyati Navoiy shahri va Qiziltepa tumanida, Namangan viloyati Namangan shahrida Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni va aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganish natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining sessiyalari o‘tkazildi. Ular ishida Oliy Majlis Senati a’zolari, davlat hokimiyati organlari, tegishli vazirliklar, idoralar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Kun tartibi doirasida asosiy e’tibor tuman va shaharlarni kompleks rivojlantirish, shuningdek aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar ijrosi yuzasidan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini ta’minlash choralariga qaratildi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz miqyosida olib borilayotgan islohotlar samarasi avvalo joylardagi barcha tuzilmalar o‘z vazifalarini qay darajada bajarayotganiga bog‘liqdir. Bu borada amalga oshirilayotgan jarayonlarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy vakillik hokimiyati idoralari, qolaversa mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralarining izchil hamkorligini ta’minlash, belgilangan vazifalar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish alohida ahamiyat kasb etadi.  

Ushbu  hamkorlik zarur darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida joylarda aholini o‘ylantirayotgan, yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolar ko‘lami hanuz kamayganicha yo‘q. Buni  Respublika ishchi guruhi tomonidan Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida joriy yilning 19-27 noyabr kunlari 21 ta mahallada uyma-uy yurish hamda ijtimoiy va boshqa ob'yektlarni o‘rganish davomida aniqlangan masalalar ham tasdiqlab turibdi. Bunda eng ko‘p muammolar  ko‘cha va yo‘llarini ta’mirlash, elektr energiyasi ta’minoti, bandlik, ichimlik suvi, sog‘liqni saqlash,  uy-joy sharoitlarni yaxshilash bilan bog‘liqligi qayd etildi. Aniqlangan muammolarning  bor-yo‘g‘i 56 tasi (4,0%) joyida bartaraf etilgani aholi ko‘tarayotgan masalalarning aksariyati chuqur ildiz otganidan darak beradi.

Shu munosabat bilan sessiyada odamlarning turmush sifatiga ta’sir etayotgan ijtimoiy masalalarning tub sabablari tahlil qilindi. Ta’kidlanganidek, muammolarning yuzaga kelishiga avvalo boshqaruvning eskirgan, samarasiz shakllaridan hamon foydalanib kelinayotgani sabab bo‘lmoqda. Qolaversa, tegishli darajadagi mansabdorlarning mas’uliyatini kuchaytirish, ayniqsa jamoatchilik nazoratining yangi, natijador usullaridan foydalanish, bunda nazorat mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari darajasidan boshlanishi lozimligi ta’kidlandi.

Sessiyalar kun tartibida urg‘u berilgan masalalardan biri aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar holati haqida bo‘ldi. Xususan, xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi sessiyasida ta’kidlanganidek, tumanda 29 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, 94 427 nafar aholi istiqomat qiladi. Ishchi guruh o‘rganishi davomida bandlik bilan bog‘liq 1435 ta muammo aniqlangan. Shundan kelib chiqib, sessiyada ta’kidlanganidek, tumanda nafaqat yoshlar, balki turli yoshdagi insonlar bandligini ta’minlash dolzarb masala bo‘lib turibdi. Uni hal qilish maqsadida joriy yilda tumanda 4 marotaba mehnat yarmarkalari o‘tkazilib, ularda 100dan ortiq korxona va tashkilotlar 1194 ta bo‘sh ish o‘rnini taklif etganlar. Ularga asosan ayollar va yoshlar joylashtirilgan.

Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va faoliyatini kengaytirish orqali fuqarolar bandligini ta’minlashga ham katta ahamiyat berilmoqda. Bu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida sessiyada vaqtincha band bo‘lmagan fuqarolarni jamoatchilik ishlariga keng jalb etish, tumanda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarida ko‘proq mahalliy aholi vakillari kuchidan foydalanish va ularga munosib ish haqi to‘lanishini nazoratga olish taklif etildi.

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi sessiyasida qayd etilganidek, hududda 221 585 nafar aholi istiqomat qiladi. Bunda odamlarni qiynab kelayotgan mummolar orasida ichimlik suvi ta’minoti alohida qayd etildi. Xususan, sessiyada ta’kidlanganidek, tumandagi 87 ta mahallada jami 386,9 km ichimlik suv tarmoqlari mavjud bo‘lib, 120 km qismining yaroqlik muddati o‘tib ketgan. Natijada ichimlik suvi 30-40 foizga isrof bo‘lmoqda. 

Shu munosabat bilan sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 martdagi “Toshkent viloyati ichimlik suvi ta’minoti tizimlarini rekonstruktsiya kilish” to‘g‘risidagi qarori asosida (1-bosqich) Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida suv ta’minotini yaxshilash belgilanganganligi ta’kidlanib, mazkur tadbirlarni sifatli va o‘rnatilgan  muddatlarda amalga oshirish lozimligiga urg‘u berildi. Bu borada  Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Toshkent viloyat hokimligi mutasaddilariga zarur tavsiyalar berildi.

Tuman bo‘yicha jami 8 ta mahalla og‘ir hududlar hisoblanib, bular - “Nurobod”, “Ko‘prikboshi”, “Uzumzor”, “Qipchoq” “O‘tkir” “May”, “Sharq” va “Shalola” MFYlar. Shundan 3 tasi: “May”, “Sharq” va “Shalola” mahallalari Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh hududda joylashgan.

Ta’kidlanganidek, ushbu hududlardagi umumiy dolzarb muammolar bu - infratuzilma va ijtimoiy ob'yektlar sohasi. Xususan, ichimlik suvi ta’minoti deyarli mavjud emas, yo‘llar ta’mirlashga muhtoj, gaz va elektr energiyasi ta’minoti talab darajasidan juda yiroq. Qolaversa, mahalliy aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘ta dolzarb, maktabgacha ta’lim muassasalari va umumiy o‘rta ta’lim maktablari, jamoat transporti bilan bog‘liq muammolar odamlarning kundalik turmushi sifatiga ta’sir qilmay qolmayapti.  Xususan,  “Sharq” mahallasi tuman markazidan 30 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, tuman markaziga ushbu hududdan jamoat transporti qatnovi umuman yo‘lga qo‘yilmagan.

Shuningdek, bog‘cha, qishloq vrachlik punkti mavjud emas.  Sessiyada shu kabi holatlar muhokama qilinar ekan, avvalo aholi turmush sharoitini yaxshilashda katta o‘rin tutgan mahalliy infratuzilmani rivojlantirish borasida zudlik bilar zarur chora-tadbirlar ko‘rish, buning uchun  ajratilayotgan byudjet mablag‘lari nazoratini kuchaytirish, zarur hollatda tijorat banklarining kredit mablag‘laridan foydalanish lozimligi qayd etildi.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi sessiyasida ta’kidlanganidek, hududda mavjud dolzarb muammolardan biri bu imtiyozli narxlarda sotilishi belgilangan, qoliplangan non  mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun davlat zahirasidan ajratiladigan va hokimliklar tomonidan taqsimlanadigan un homashyosini to‘g‘ri taqsimlanishida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar xisoblanadi.

Xususan, “Namangan non mahsulotlari savdo” MChJ davlat ahamiyatiga molik 1-toifali maxsus ob'yekt hisoblanadi. Mazkur korxonaning 1 oylik quvvati 1000-1300 tonna bo‘lib, maxsus qoliplangan non mahsulotlariga ixtisoslashgan 9 ta pechlari mavjud. Ammo hozirda sohaning mutasaddi rahbarlari tomonidan imtiyozli narxlarda tarqatiladigan un xomashyosi hududda faoliyat yurituvchi boshqa tadbirkorlarga yetkazib berilishi oqibatida “Namangan non mahsulotlari savdo” MChJ korxonasiga ajratiladigan un xomashyosi keskin kamaygan. Natijada hozirda mavjud 9 ta pechlardan atigi 1 tasi ishlayotganligi aniqlangan. Aylanma mablag‘lar  kamayganligi natijasida  ishchilarning soni qisqargan va mazkur korxona

2017 yil va   2018 yilda katta zarar ko‘rgan. Sessiyada ta’kidlanganidek, aholining keskin e’tirozlariga sabab bo‘layotgan bu kabi muammolar kechiktirmay hal qilinishi lozim. Chunki pirovardida bunday holatlar ijtimoiy ziddiyatlarning kelib chiqishiga, norozilik kayfiyati paydo bo‘lishi va kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi sessiyasida ta’kidlanganidek, aholi bandligini ta’minlash dasturiga asosan Navoiy shahrida 2018 yilning yanvar-noyabr oylarida 6606 ta (127%) yangi ish o‘rinlari tashkil etilganligi qayd etilgan. Bunda respublika ahamiyatidagi sanoat korxonalari bilan bir qatorda kichik va o‘rta biznes vakillarining ham ishtiroki katta ekanligi ta’kidlandi. Bu jarayonda ayniqsa mamlakatimizdagi eng yosh shahar hisoblangan navoiylik yoshlar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Sessiyada  2019 yilda aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturiga muvofiq  shaharda qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi lozimligi, dasturlarda nazarda tutilgan ish o‘rinlari to‘g‘risida aholini xabardor qilishda shaffoflik va oshkoralikni ta’minlash hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga aynan shahardagi ishsizlarni jalb etishga erishish maqsadida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan keng foydalanish lozimligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman sessiyasida qayd etilganidek,  Respublika ishchi guruhi tomonidan hududda olib borilgan o‘rganishlar davomida qariyb 3221 ta muammo aniqlangan, ularning 2890 tadan ko‘prog‘i hal etilgan. Bundan kelib chiqadiki, tumanda aksariyat   masalalarning yechimi  ko‘proq mahalliy mutasaddilarning vakolat va vazifalari doirasida bo‘lgan. Shu munosabat bilan majlisda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat va boshqaruv organlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, mansabdorlarning ma’suliyatini oshirish lozimligi uqtirildi. 

Kun tartibiga ko‘ra tumandagi bo‘sh turgan binolar, qurilishi tugallanmagan ob'yektlar va foydalanilmayotgan yer maydonlari hamda ular negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z borar ekan, hududda jami 265 ta bo‘sh turgan bino, qurilishi tugallanmagan ob'yekt va foydalanilmayotgan yer maydonlari mavjudligi, mazkur ob'yektlarning katta qismi  davlat mulki, shuningdek avval xususiylashtirilgan va ayrimlari davlat ulushi mavjud korxonalari ob'yektlari ekanligi qayd etildi. Sessiyada avval xususiylashtirilgan va investitsiya loyihalariga kiritilgan inshootlar   inqirozi sabablari chuqur tahlil qilinib, yangi ishlab chiqilayotgan loyihalarda ushbu omillar ham hisobga olinishi lozimligi ta’kidlandi. Bunda Navoiy viloyati Investitsiya boshqarmasi, Iqtisodiyot boshqarmasi va tijorat banklari  mulkdorlar tomonidan qurilgan ob'yektlarni ishga tushirishga qaratilgan investitsiya loyihalarining ishlab chiqilishida ko‘maklashishi lozimligi uqtirildi.

Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari sessiyalarida hududlarni rivojlantirish va ularning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, shuningdek tuman aholisi turmush darajasi va sifatini yanada oshirishga oid boshqa masalalari ko‘rib chiqildi. Jumladan, investitsiya loyihalarini va boshqa yo‘nalishlardagi ishlarni ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan mas’ul shaxslarning axboroti eshitildi. Hududlarni kompleks rivojlantirishga oid vazifalar bajarilishi ustidan parlament, deputatlar va jamoatchilik nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari ham batafsil ko‘rib chiqildi.

Sessiyalarda ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Mahalliy Kengashlarning tuman va shaharlarni kompleks rivojlantirish, shuningdek aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar ijrosi yuzasidan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini ta’minlash choralariga bag‘ishlangan sessiyalari boshqa viloyatlarda ham o‘tkazilmoqda.

20.12.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar