2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ishchi guruh aniqlagan muammolar nazoratga olindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘iga asosan Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi Idoralararo respublika ishchi guruhi Buxoro viloyatida kriminogen vaziyatni yanada barqarorlashtirish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi muammolarini manzilli bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.

O‘rganishlar jarayonida aholi muammolarini hal etish, bandlikni ta’minlash, murojaatlarni bartaraf etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, narx-navo barqarorligini ta’minlash, jamoat xavfsizligi va yo‘llarda inson xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalariga alohida  e’tibor qaratildi.  

Shuningdek, Ichki ishlar organlarida murojaatlar bilan ishlash ahvoli, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishi, formali kiyim-bosh kiyib yurish tartibi, muammoli fuqarolar bo‘yicha profilaktika inspektorlari tomonidan xulosa berish, ishsizlar va sog‘lig‘ini yo‘qotgan shaxslar bilan hamda nizoli oilalar bilan manzilli ishlash ahvoli o‘rganildi.  

Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektor rahbarlari amalga oshirayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, faoliyatning natijadorligi tahlil qilindi.  

Ayrim mutasaddi rahbarlar faoliyati davomida xotirjamlikka berilib, bir qator kamchilikka yo‘l qo‘yganligi aniqlandi. Kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.  

O‘rganishlar davomida 52 nafar tuman-shahar sektor rahbarlari, 2720 mahalla beshligiga aholining muammolarini hal etish borasida yangi ish uslublarini o‘rgatish bo‘yicha 64 marotaba o‘quv-amaliy seminarlar, oliygohlarda 1724 nafar talabalar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va yoshlarni diniy ekstremizm oqimlaridan asrash bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbirlari, bozorlar va shifoxonalarda aholini jinoyatlardan ogohlantirish maqsadida 3 841 dan ortiq bukletlar tarqatildi, 46 “qizil” toifadagi mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.  

Bevosita mahallalarga borgan holda aholining kayfiyatini ko‘tarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Kam ta’minlangan va ijtimoiy yordamga muhtoj to‘rt mingta oilalar o‘rganildi. Ulardan kelib tushgan 2361 murojaatlarning 2309 tasi hal etilishi ta’minlandi. Qolgan 52 tasi ijro uchun sektor rahbarlariga topshirildi.  

Mahallalardagi 42 ko‘p qavatli uylarning yerto‘la, tom qismi va kommunikatsiya tizimi ta’mirlandi. 25 elektr, 6  tabiiy gaz, 9 oqova va 17 ichimlik suvi tarmog‘idagi nosozliklar bartaraf etildi. Mahallalar hududidan o‘tgan ichki ariqlar va kanallarning 56 chaqirim qirg‘oqlari tozalandi. 63 tonna maishiy chiqindilar olib chiqildi.  

Shuningdek, uch chaqirim yo‘llarga shag‘al, 4,7 chaqirimiga asfalt yotqizildi. 7,1 chaqirim yo‘l chiziqlari qaytadan chizilgan, 20 piyodalar o‘tish joylari tiklanib, 2 yangi zamonaviy svetofor o‘rnatildi. 9 svetofor ta’mirlandi. O‘ttizta yo‘l belgisi yangidan o‘rnatildi, 27  yo‘l belgisi  yangisiga almashtirildi. Tabiiy gaz tarmog‘iga ulanmagan mahallalar aholisiga 7 900 suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi. 572 nafar fuqarolar sayyor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 76 nafar kasallarga tibbiy xizmat, 29 nafar qariyalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.  

Sog‘lig‘ida muammosi bo‘lgan 146 nafar fuqarolarga joyga chiqqan holda bepul dori-darmon, 2 nafariga nogironlik aravachasi, 3 nafariga eshitish moslamasi, 5 nafariga hassa, 3 nafariga tirsakli qo‘ltiq tayoq, 3 nafariga davolanish uchun yo‘llanma (order), 54 nafariga sanatoriylarga yo‘llanma berildi.  

26 bozor va 4 olis mahallalarda oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etildi. Aholiga 43,6 tonna mahsulotlar arzonlashtirilgan narxda sotilishi ta’minlandi. 11 mehnat yarmarka tashkil etildi. 197 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi. 43 nafar ishsizlar doimiy ish o‘rinlariga, 25 nafari esa haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi. Mahallalarda 22 sayyor qabullar o‘tkazildi. 113 murojaatlar hal etildi. 1 503 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. 114 nafar aliment to‘lovchi qarzdorlar ish bilan ta’minlandi, 53 nafar shaxslardan 312 million so‘m miqdorida aliment puli undirildi.  

Profilaktika inspektorlari tomonidan 10139  xonadon o‘rganilib, 414 huquqbuzarlik sodir etishi yoki undan jabrlanishi ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar aniqlandi. Ularning muammolarini hal etish masalasi mahalladagi beshlikka topshirildi. 124 nizoli oilalar o‘rganildi, 78 oilaviy muammolar bartaraf etildi. 23 nafar ayollarga “himoya orderi” rasmiylashtirildi.  

Targ‘ibot ishlari natijasida 39 ijtimoiy soha ob’ektlari hamda 30 xonadonlar qo‘riqlash pultiga ulandi. 104 nafar fuqarolar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida va 39 nafar fuqarolar qayta yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hamda 821 nafar fuqarolar o‘zini-o‘zi band qilish bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.  

Kriminogen vaziyatni yanada barqarorlashtirish maqsadida o‘tkazilgan kompleks tezkor-profilaktik va maxsus tadbirlar natijasida 3 jinoiy va 24 ma’muriy holat aniqlandi. 1 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Ilgari sodir etilib, ochilmasdan qolgan 7  jinoyat fosh etildi. Yo‘llarda xavfsiz harakatlanishni ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan maxsus tadbirda 1263 qoidabuzarlik aniqlanib, haydovchilar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.  

06.07.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar