
Buxoro viloyati Romitan tumanida kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu xayrli ishlar doirasida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga moddiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Romitan tumani hokimi Umedjon Barnoyev tashabbusi bilan klaster va fermer xo‘jaliklar homiyligi asosida BST “Sluster Agrokompleks” MCHJga qarashli “Chelong‘u” paxta qabul qilish maskanida tumandagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” ro‘yxatida turuvchi ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan, ko‘makka muhtoj 375 nafar fuqarolarga bepul 150 kilogrammdan bug‘doy, 1 qop un hamda 10 donadan presslangan somon tarqatildi.
Jarayonlarda bevosita Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligida sektor rahbarlari ham qatnashdi. Rahbarlar aholini yurtimizda keng nishonlanayotgan qurbon hayiti bilan tabrikladi. Yig‘ilgan aholi vakillari bilan suhbatlasharkan, viloyat rahbari bunday xayrli ishlar hali bardavom bo‘lishini hamda hech kim e’tibordan chetda qolmasligini ta’kidladi.
Fuqarolar ham bunday g‘amxo‘rlik va davomli e’tibor, yurtimizdagi xalqchil islohotlardan mamnunligini bildirdi.
– Men “Ayollar daftari” ro‘yxatida turaman, – deydi Dilrabo G‘aybullayeva. – Bugun bizga 150 kilogramm bug‘doy, 1 qop un hamda 10 donadan presslangan somon berishdi. Ilohim, yurtimiz tinch, mamlakatimiz obod bo‘lsin. Dehqonlarimizning yetishtirayotgan oziq-ovqat mahsulotlari yanada mo‘l bo‘lsin. Ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxo‘rlik uchun davlatimizdan behad minnatdormiz.
– Men “Temir daftari” ro‘yxatiga kiritilganman, – deydi Nigina To‘xtayeva. – Ko‘rsatilgan bu yordam dasturxonimizni ancha vaqt obod qiladi. Juda xursandmiz oilamiz bilan. Inson uchun salomatlik va nondan aziz narsaning o‘zi yo‘q. Buning uchun ushbu ishlar boshida turgan insonlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Tumanda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash tadbirlari davom etmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |