2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Senat raisi Toshkent shahrida ijtimoiy ob’ektlar bilan tanishdi, tadbirkorlar va aholi bilan uchrashdi

Shu kunlarda Oliy Majlis Senati a’zolari hududlarda bo‘lib, aholi bilan bevosita muloqotlar o‘tkazoqda.

Xususan, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Toshkent shahrining Shayxontohur hamda Uchtepa tumanlari mahallalari, ijtimoiy-iqtisodiy ob’ektlarlarda bo‘lib, aholi vakillari, tibbiyot xodimlari, tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashdi.

Dastlabki manzil - Shayxontohur tumanida yaqinda foydalanishga topishirilgan 41-sonli oilaviy poliklinika bo‘ldi. Ushbu tibbiyot muassasasi tumandagi beshta mahallada istiqomat qiluvchi 30 ming nafardan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatadi. Uch qavatli binoda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan, tibbiyot xonalari zamonaviy tibbiy uskuna va jihozlar bilan ta’minlangan. 

Oilaviy poliklinikada o‘tgan suhbat chog‘ida aholi sog‘lig‘ini saqlash borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inini aholiga yanada yaqinlashtirish, bunda patronaj xizmatlariga ko‘proq etibor qaratish, mazkur jarayonga xalq deputatlari mahalliy kengashlarini ham jalb etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Ko‘plab iqtisodiy-ijtimoiy masalalar yechimida tadbirkorlarning o‘rni muhim. Ular hududlarning rivojlanishi, aholini ish bilan ta’minlashda yetakchi kuchga aylanib bormoqda. T.Norboyeva  Uchtepa tumani Katta Cho‘ponota mahallasida joylashgan qandolatchilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi, uning ta’sischilari va xodimlari bilan suhbat qildi.

Bundan bir necha yillar avval o‘z xonadonida turli xil pishiriqlar tayyorlab, aholi dasturxoniga yetkazib bergan oila, biznesni rivojlantirish maqsadida dastlab qandolat do‘koni ochgan. Oilaviy biznes 2022 yilda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar natijasida maydoni 15 ming kvadrat metr bo‘lgan yangi, zamonaviy qandolatchilik fabrikasi darajasiga yetdi. 30 ta ishlab chiqarish sexida 500 xildan ortiq mahsulot tayyorlanayotgan korxonada 1,9 ming nafar kishi mehnat qilmoqda, ularning 60 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

Muloqot davomida xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, korxona hududi yaqinidagi mahallalarda “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi. 

Tumanidagi “Sharq yulduzi” mahallasida esa nuroniylar, faollar va xotin-qizlar vakillari bilan samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda mahalla beshligi faoliyati, yoshlarga berilayotgan e’tibor, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish kabi masalalar bo‘yicha fikr almashildi. Xususan, bugungi kunda asosiy e’tibor mahallaga qaratilayotgani, mahalladagi muammolarni mustaqil hal etish uchun “mahalla byudjeti” joriy etilgani, ijtimoiy daftarlar orqali aholi muammolari bartaraf etilayotgani va bu ishlar davom ettirilishi ham aytib o‘tildi.

03.07.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar