Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova Sirdaryo viloyatida

Bugun Bosh vazir o‘rinbosari Z.Mahkamova Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.Tojiboyeva hamrohligida Sayxunobod tumani “Olg‘abos” mahallasida bo‘lib, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish jarayonlari bilan tanishdi hamda “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan ayollarga ajratilgan yer maydonlarini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, mahalladagi Hasanovlar xonadonida choponchilik, ko‘rpa yostiq tikish kabi hunarmandchilik turlarini davom ettirib kelayotgan xotin-qizlar bilan suhbat samimiy kechdi.  

Ayniqsa, Qoraboyevlar xonadonida suzmadan qurt tayyorlash, Abdumalikovlar xonadonida yo‘lga qo‘yilgan nonvoychilik hamda “Ustoz-shogird” an’analari asosida gilam to‘qish kabi hunarmandchilik turlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.  

Mahalladagi ishchiz xotin-qizlarni gilamchilik yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitish jarayonlari kelgusida olg‘aboslik ayollar orasida gilamdo‘zlik kundan-kunga rivojlanib borayotganligidan dalolatdir.

Bosh vazir o‘rinbosari Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 4 nafar yotib qolgan bemorlar holidan xabar oldi va ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

02.07.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar