2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Arzon uy-joylar “Obod qishloq” dasturi bilan uygʻunlikda quriladi

Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan “Qishloq hududlarida namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi dasturlarida bank ishtiroki” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

2017-2018 yillarda dastur doirasida arzon uy-joylar qurilishini moliyalashtirish maqsadida jami 4 trillion 085,2 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ sarflandi. Shundan 2 trillion soʻmga yaqin mablagʻ “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki hissasiga toʻgʻri keladi.

Sarflangan mablagʻlarning 445,8 milliard soʻmi aholi mablagʻlari, qolgani bank tomonidan ajratilgan imtiyozli ipoteka kreditlardir.

Joriy yilda namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan arzon uy-joylardan olish tartibiga ham oʻzgartirish kiritildi. Prezidentimizning 2018 yil 18 iyuldagi “2018 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻzgarishlar boʻldi.

Bu 2018 yilning 1 iyulidan 2020 yil 1 yanvargacha boʻlgan davrda uylar 20 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr hamda 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan beriladi.

Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish uchun uy quruvchilariga dastlabki badal 0,02 ga oʻlchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 2, 3 xonali bir qavatli va ikki, uch, toʻrt, besh qavatli koʻp kvartirali arzon uy-joylar uchun 10 foiz miqdorida toʻlanadi. Shuningdek, 0,04 ga oʻlchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan arzon uy-joylar va 0,06 ga oʻlchamdagi yer uchastkalarida joylashtiriladigan 3,4 va 5 xonali arzon uy-joylar uchun 25 foiz etib belgilandi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 24 noyabrdagi “Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bu boradagi ishlarni yanada tartiblashtirishda muhim dasturilamal boʻladi.

Mazkur qaror asosida 2019 yildan boshlab respublikamiz qishloq hududlarida namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurilishi “Obod qishloq” dasturi bilan oʻzaro uygʻunlikda tashkil qilish belgilangan.

2018 yilning 1 iyulidan 31 dekabriga qadar imtiyozli ipoteka krediti uch yildan iborat imtiyozli davr bilan ajratilishi belgilangan boʻlsa, 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab, ushbu imtiyozli ipoteka kreditining imtiyozli davri ikki yildan iborat boʻlishi belgilandi.

Anjumanda bu jarayonlarda “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining ishtiroki, pudratchi tashkilotlar bilan boʻladigan shartnomalar, talablar va takliflar, sifatli va arzon uy-joylar qurishdagi murakkabliklar, muammolar xususida soʻz bordi.

 

B.Meliqulova, OʻzA

17.12.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar