2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Idoralararo ishchi guruh Orolbo‘yida o‘rganish ishlarini boshladi

Idoralararo ishchi guruh tomonidan hududlarda aholi muammolarini aniqlash va hal etish, kriminogen vaziyatni yanada barqarorlashtirish bo‘yicha Ichki ishlar organlari, mutasaddi idoralar hamda jamoat tashkilotlarining hamkorlikdagi faoliyati samaradorligini baholash yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida aholining dolzarb ijtimoiy-maishiy muammolarini aniqlash va joyida bartaraf etishda sektor rahbarlarining tashabbuskorligi, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi tomonidan osoyishtalikni ta’minlash, aholi muammolarini hal etish bo‘yicha yangicha ishlash tizimini amaliyotga keng tatbiq etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, fuqarolarning bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbaini yaratish, iste’mol bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi barqarorligini ta’minlash va ularning zaxirasini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirilmoqda.  

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh Amudaryo tumanida sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shundan so‘ng, Amudaryo tumani Ichki ishlar bo‘limi hamda Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ma’muriy binosida fuqarolar hamda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.  

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, axborot texnologiyalariga keng jalb qilish dolzarb masala hisoblanadi. Ishchi guruh mas’ullari Nukus shahrida joylashgan “IT PARK” faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘quvchilar va ustozlar uchun yaratilgan qulayliklar yuzasidan suhbatlashdi. Uzoq yillardan buyon Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashab kelayotgan, lekin fuqaroligi bo‘lmagan uch nafar shaxsga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi hamda to‘rt nafar 16 yoshga to‘lgan yoshlarga shu yerning o‘zida ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi. 

Qayta rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirilish arafasida turgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashli Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi faoliyati, ta’mirlash ishlarining sifat darajasi ko‘zdan kechirildi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, markazga joriy yilning besh oyi mobaynida 55 nafar voyaga yetmaganlar joylashtirilgan.  

O‘rganish ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Bosh prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi Departament, Soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Kambag‘allikni   qisqartirish va  bandlik vazirligining respublika   darajasidagi  rahbarlari hamda  Ichki ishlar vazirligining sohaviy   xizmat  rahbarlaridan iborat ishchi guruhlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha shahar va tumanlarida bo‘lib, berilgan topshiriqlarning amaliy ijrosini ta’minlamoqda.  

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Najmiddin To‘raxo‘jayev tizimda axborot texnologiyalarni keng jalb etish, ish jarayonlarini raqamlashtirish darajasini oshirish, “Smart mahalla” tizimini tez va sifatli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston tajribasini yaratish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi. Shuningdek, vazir o‘rinbosari Amudaryo, Taxiatosh va Xo‘jayli tumanlari Ichki ishlar bo‘limlari faoliyati bilan tanishib, xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishi bo‘yicha suhbatlar o‘tkazdi. Mahalla beshliklarining hamkorlikdagi faoliyati tahlil qilindi.  

Respublika Yo‘l harakati boshqarmasi hamda Jamoat tartibini saqlash va Patrul-post boshqarmalarida tashkil etilgan situatsion markaz faoliyati o‘rganildi. Uning samaradorligini oshirish maqsadida xodimlar doimiy ravishda o‘z ustilarida ishlashlari kerakligi ta’kidlab o‘tildi.  

Ishchi guruh a’zolari Beruniy, Ellikqal’a, Kegeyli tumanlari Ichki ishlar bo‘limlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mahallalardagi beshliklarning hamkorlikdagi faoliyati tahlil qilinib, yangicha ish usullari bo‘yicha tushunchalar berildi. Mahallada beshlik bilan hamkorlikda profilaktika inspektori tomonidan mahallada jinoyat qilishga moyil va undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarni aniqlab, xulosalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan suhbat o‘tkazildi  

O‘rganishlar davomida mas’ullar Beruniy tumanida Axborot resurslar markazi “Rayhon apparel” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish fabrikasi hamda “Beruniy agrobiznes tomorqa xizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi. Shundan so‘ng, g‘alla o‘rimidan keyin bo‘sh turgan yer maydonlarni ishsiz yoshlarga o‘zlarini ish bilan band qilish maqsadida taqsimlab berish amaliyoti ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar doirasida Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag‘ishlangan tadbir, “Zukko kitobxon” hamda “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida tadbirlar tashkil etildi.  

Ellikqal’a tumanidagi o‘rganishlar jarayonida esa Navoiy ovuli fuqarolar yig‘inida tashkil qilingan Huquq-tartibot maskani faoliyati bilan o‘rganilib, profilaktika inspektori kapitan Rashid Atabayevning xizmat uyida yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Uning oila a’zolari bilan suhbatlashilib, zaruriy uy jihozlari sovg‘a sifatida taqdim etilishi kelishib olindi.  

Keyingi manzil Kegeyli tumani “Baxtli” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Axborot kutubxona markazi bo‘ldi. Markazda kitobxon yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, kutubxonaga Ichki ishlar vazirligi jamg‘armasi hisobidan kitoblar sovg‘a etilishi ta’kidlab o‘tildi. Tumanning “Aqtuba” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan hushyorxonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishilib, shifokorlar, alohida ayollar va erkaklar xonalari tashkil etilganligi hamda videokuzatuv kameralari o‘rnatilganligi, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan shartnoma asosida qo‘riqqa olinganligi yuzasidan suhbatlashildi.  

Ishchi guruhning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi o‘rganishlari davom etmoqda.  

23.06.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar