
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i A. Boyxonov tuman hokimi A. Mansurov hamrohligida jismoniy va yuridik shaxslar uchun qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabulda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, uy-joy olish, tibbiy yordam ko‘rsatilishi, merosga egalik qilish, bolalar nafaqasi kabi masalalarda murojaatlar tinglandi.
Tadbir doirasida tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda 97 ta korxona, tashkilot va muassasa 930 dan ziyod bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.
Mehnat yarmarkasida 14 nafar fuqaro ishga joylandi, 8 nafariga qayta kasbga o‘qish uchun yo‘llanma berildi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun subsidiya asosida tikuv mashinalari ajratildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |