
Sirdaryo viloyat prokurori Savid Imatov Shirin shahrida sektor rahbarlari, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va boshqa mutasaddi idora vakillari ishtirokida aholi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda 65 nafar fuqarolar ishtirok etib, 32 ta murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 13 tasi joyida o‘z yechimini topdi. 4 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi, 15 nafar fuqaroning ishga joylashtirish, sog‘lig‘ini tiklash uchun davolanishga yordam berish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun kredit ajratish, yo‘l ta’miri va shu kabi boshqa murojaatlari yozma ravishda qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.
Qabuldan so‘ng shahardagi profilaktik hisobda turuvchi yoshlar bilan suhbat o‘tkazildi. Yoshlarga kelajakda kasb egallashlari, bandligini ta’minlashda ko‘mak berish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Kun davomida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha “Prokuror kubogi” sport musobaqasi o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |